QŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy gapirayotganda sözlarni tanlaşda ehtiyot bölişi kerakligini taʼkidladi. Bu haqda u Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Oxirgi vaqtlarda u qadar oliy bölmayotgan Eronning “Oliy rahbari” Qöşma Ştatlar va Yevropa haqida bir qança nojöya fikrlar bildiribdi. Ularning iqtisodiyoti vayron bölyapti, ularning odami qiynalyapti. U özining aytayotganlariga juda ehtiyot bölişi kerak”, degan Tramp.
The so-called “Supreme Leader” of Iran, who has not been so Supreme lately, had some nasty things to say about the United States and Europe. Their economy is crashing, and their people are suffering. He should be very careful with his words!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 17 yanvarya 2020 g.
Şu bilan birga, AQŞ Prezidenti Eron Oliy rahbarining aynan qaysi fikri ekaniga töxtalib ötmagan.
Eslatib ötamiz, Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy keça, 17 yanvar kuni 8 yilda ilk bor juma namozida maʼruza qildi. U öz nutqida Amerikaga qarşi qator keskin fikrlarni bildirib ötdi.









