Isroil va Eron örtasidagi mojaro yaqin bir neça soat içida “töliq öt oçişni töxtatiş” rejimida böladi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bugun, 24 iyunga ötar keçasi Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.
“Isroil va Eron 12 soatga töliq va butkul öt oçişni töxtatişga rozi böldi (taxminan 6 soatdan keyin, Isroil va Eron özlarining hozirgi, yakuniy missiyalarini yakunlaganlarida!), şundan söng uruş tugagan deb hisoblanadi!” deb yozdi Tramp.
Uning qayd etişiça, Eron rasman sulhni boşlaydi, 12 soatdan keyin Isroil öt oçişni töxtatadi, 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik uruşning rasman yakunlanganini kutib oladi”.
“Bu uruş yillar davomida davom etişi va butun Yaqin Şarqni vayron qilişi mumkin edi, lekin bunday bölmadi va bölmaydi ham! Xudo Isroilni, Xudo Eronni, Yaqin Şarqni, Amerika Qöşma Ştatlarini va dunyoni yorlaqasin!” deya öz postini yakunlagan Tramp.
Biroq Isroil bu haqda rasmiy tasdiq bermadi va Isroil harbiylari 24 iyun kuni tongda Eron tomonidan Isroilga ikki marta raketa otilganini maʼlum qildi. Guvohlar keyinçalik Tel-Aviv va Beer-Şeva yaqinida portlaşlarni eşitgan. Isroil OAV xabariga köra, bir binoga zarba berilgan va Beer-Şevadagi raketa hujumi oqibatida uç kişi halok bölgan.
Eron rasmiylaridan biri avvalroq Tehron otaşkesimga rozi bölganini tasdiqlagan bölsa-da, mamlakat Taşqi işlar vaziri Isroil hujumlarni töxtatmagunça harbiy harakatlar töxtamasligini aytdi.
“Agar Isroil özining noqonuniy tajovuzini seyşanba kuni soat 4:00 gaça töxtatsa, Eron javob bermaslik niyatida. Biz harbiy operatsiyalarimizni töxtatiş töğrisidagi yakuniy qarorni keyinroq qabul qilamiz”, deb yozdi Eron TIV rahbari Abbos Aroqçi bugun tongda.
Oq uy rasmiysiga köra, Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbatda kelişuvni taʼminlagan va Isroil Eron hujumlarni davom ettirmasa, otaşkesimga rozi bölgan.
Tramp otaşkesim bosqiçma-bosqiç amalga oşişi, har ikki taraf öz operatsiyalarini yakunlab olişlari mumkinligini taʼkidladi.
“Qatar Boş vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy Eron rasmiylari bilan suhbatda Tehronning kelişuvga roziligini taʼminlagan”, deb xabar berdi “Reuters” manbasi.
Oq uy rasmiysiga köra, AQŞ vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkof eronliklar bilan töğridan töğri va bilvosita aloqada bölişgan.
Bundan bir neça soat avval uç nafar Isroil rasmiysi Isroil Erondagi operatsiyalarni yakunlaş niyatida ekanini bildirgan va bu haqda AQŞni xabardor qilgan. Izroilning Channel 12 telekanali xabar berişiça, Netanyaxu seşanba ertalab vazirlar bilan yiğiliş ötkazib, ularga omma oldida gapirmaslikni buyurgan.









