“Tramp çekinmoqda”. Eron AQŞ bilan muzokara ötkazilganini rad etdi

“Tramp çekinmoqda”. Eron AQŞ bilan muzokara ötkazilganini rad etdi

Eron Prezidenti Masʼud Pezeşkiyon AQŞ bilan muzokaralar bölayotgani haqidagi Prezident Donald Trampning bayonotlarini rad etdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.


Uning aytişiça, Eron va AQŞ örtasida heç qanday muzokaralar olib borilmayapti. Pezeşkiyon Trampning sözlarini energiya narxlarini pasaytirişga uriniş va harbiy rejalarni amalga oşiriş uçun vaqt yutiş maqsadidagi bayonot deb baholagan.

Qolaversa, Pezeşkiyon Eron sönggi kunlarda faqat mintaqa davlatlari bilan, xususan Ummon bilan muzokaralar olib borayotganini taʼkidlagan. Bu muloqotlar Hormuz böğozi orqali kemalar harakatini muvofiqlaştirişga qaratilgan bölib, oçiq tarzda olib borilmoqda.

“Tehron va Vaşington örtasida heç qanday yaşirin muzokaralar yöq”, degan Eron Prezidenti.

Şuningdek, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi ham muzokaralar bölmaganini va bölmasligini bildirgan. Ularning fikriça, AQŞning bunday bayonotlari psixologik uruşning bir qismi bölib, bu şaroitda Hormuz böğozi oldingi holatiga qaytmaydi va energiya bozorlarida barqarorlik yuzaga kelmaydi. Korpus Trampning bayonotini “çekiniş” deb baholab, bunga Eronning javob zarbalari haqidagi tahdidlari sabab bölayotganini aytgan.

Qayd etiş joiz, avvalroq Tramp ikki kunlik juda yaxşi va samarali muzokaralar bölib ötganini aytib, Eron energetika obʼektlariga zarbalarni 5 kunga töxtatişni buyurganini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, tomonlar Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlarni tartibga soliş masalasini muhokama qilgan.

22 mart kuni Tramp Eron 48 soat içida Hormuz böğozini oçmasa, mamlakatdagi elektr stantsiyalarini yöq qiliş bilan tahdid qilgan edi. Tehron esa bunga javoban AQŞning Yaqin Şarqdagi barça energetika va axborot infratuzilma obʼektlariga zarba berişini bildirgan.


×