Maktablar 2 sentyabrdan oçilişi rostmi?

Maktablar 2 sentyabrdan oçilişi rostmi?

Internetda 2 sentyabrdan maktablar oçilişi haqida xabarlar tarqaldi.

Xalq taʼlimi vazirligi masʼul vakilining ÖzA ga taʼkidlaşiça, mazkur tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Maktablar qaçondan oçilişi hozirça nomaʼlum. Bu haqdagi tegişli qarorni Maxsus komissiya qabul qiladi.

ÖzA avvalroq maktablar oçilişiga oid 3 ta stsenariy körib çiqilayotgani haqida xabar bergan edi. Bular:

— Birinçisi, pandemiya holati barqarorlaşib, maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini boşlaydi. Bu vazirlik va öquvçilar uçun eng maqbul variant.

— Ikkinçisi, SSVning Özbekistonda bolalarda virus keçişi böyiça xulosasi ijobiy bölmagan taqdirda taʼlim onlayn tartibda davom ettiriladi.

— Uçinçisi, gibrid stsenariyda maktablar oçiladi. Hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib çiqib işlanadi. Bunda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn öqitişga imkon beriladi, yaʼni bolaning maktabga boriş-bormasligi ixtiyoriy böladi.

×