Maktablar oçilsa, dezinfektsiya işlarini kim qiladi? Yana farroşlarmi?

Maktablar oçilsa, dezinfektsiya işlarini kim qiladi? Yana farroşlarmi?

2020-2021 öquv yili maktablarda 14 sentyabrdan boşlanişi kutilyapti. Maktablar oçilgandan söng, barça hodimlar işga qaytadi. Hozirgidek pandemiya şaroitida taʼlim muassasasida tozalikni saqlaş dolzarb vazifa hisoblanadi. Taʼlim dargohlarida işlovçi tozalik xodimlariga bu davrda iş köpayişi tabiiy hol. Xalq taʼlim vaziriligi bu jarayonga qanday tayyorgarlik körmoqda. Tozalik xodimlari sonini köpaytiriş rejada bormi? 

QALAMPIR.UZ muxbirining uşbu savoliga Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov atrofliça javob berdi. Vazir javob beriş asnosida özi ham yoşligida maktablardagi tozalaşlarda qatnaşganini eslatib ötdi. 

“Biz yoşligimizda indamay sinfxonalarimizni tozalar edik. Heç bir kam bölgan joyimiz yöq. Bugun iqtisodiyotimiz hozirgidek ahvolda bölib turgan holatda, heç kim bu haqda öylagani yöq. Bilamiz iqtisodiyot soliqlardan iborat. Soliq tuşişi uçun iqtisodiyot işlaşi kerak. Karantin sabab qança tadbirkorlar faoliyat yuritmadi. Hozirda davlat byudjetida oşib-toşib yotgan pul yöq. Hozirda tozalovçilarni köpaytiriş haqida hom-hayollarimiz yöq va bunaqa taklif ham bermaganmiz. Qaniydi, iqtisodiyotimiz, yaxşi bölganda tozalovçilarni köpaytirar edik”, dedi Şerzod Şermatov.

Vazirning sözlariga köra, maktablar oçilgandan söng, yana öşa eski tarzda sinfxonalar öquvçilar tomonidan tozalanadi. Lekin, heç kim öquvçining qöliga xlorli suvni uşlatib qöymaydi. Maktablarni dezinfektsiya qiliş işlari esa, mutaxassislar va maktab tozalovçilari tomonidan amalga oşiriladi. Ularga tozalaş uçun eritmalar markazlaşgan holda olib kelinadi. Har bitta maktabga bittadan poliklinika biriktiriladi.

Xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayevning taʼkidlaşiça, öquvçilarning maktabga kelişini tartibga soliş ustida işlar boşlangan. Hamma öquvçilar maktabga bir vaqtda kelib qolmasligi va ijtimoiy masofani saqlaş masalasi örtaga taşlangan. Öquvçilarni har yarim soatda maktabga kirişini yölga qöyiş varianti ham körilyapti.

×