Özbekiston OTMlarida öquv yili 2 sentyabrdan boşlanişi rostmi? Vazirlik izoh berdi

Özbekiston OTMlarida öquv yili 2 sentyabrdan boşlanişi rostmi? Vazirlik izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Respublikasidagi barça oliy taʼlim muassasalarida öqiş 2020 yilning 2 sentyabridan boşlanişi töğrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi mazkur xabarlarni asossizligini maʼlum qildi.

"Talabalarning oliy taʼlim muassasalariga qaytişi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinişiga boğliq" deyiladi vazirlik xabarida

Taʼkidlaşiça, vazirlik “Mening Yurtim” telekanali bilan hamkorlikda “Auditoriya”, “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda “Teledars” körsatuvlari yölga qöyilgan. Şuningdek, Telegram messenjerida @education_online kanali taşkil etilgan. 

Şuningdek, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi aholi örtasida vahima tarqalişiga sabab böladigan maʼlumotlar tarqatiş jinoiy javobgarlikka sabab bölişini eslatib ötgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, yuqumli kasalliklar haqida yolğon maʼlumot tarqatganlik uçun jazo kuçaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Nurulloh Şaripov

×