Deputat: “Maktablar oçilişini Mahalliy kengaşlar hal qiladi deb kimni aldayapsiz, janob vazir?”

Deputat: “Maktablar oçilişini Mahalliy kengaşlar hal qiladi deb kimni aldayapsiz, janob vazir?”

Avvalroq, Özbekiston Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov maktablarning oçiliş yo oçilmasligini mahalliy xalq deputatlari kengaşlari hal qilişini, markazdan turib, maktablar falon kuni oçiladi deb heç kim aytmasligini maʼlum qilgandi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev Şerzod Şermatovning maktablarni oçiş böyiça fikrlariga eʼtiroz bildirdi. Deputat vazir javobgarlikni Mahalliy kengaşlarga yuklaş orqali özini suğurtalayapti deb öylamoqda.

Ğaniyevga köra, Mahalliy kengaşlarning faoliyati asosan yuqoridan kelgan topşiriq ijrosini taʼminlaşga qaratilgan. U Kengaşlarda maktablarni oçiş vakolati bormi deb savol bergan.

“Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatovga köra, Mahalliy kengaşlarning oşib borayotgan vakolati maktablar oçilişi böyiça töğri qaror qabul qilişlariga imkon beradi. Lekin aslida ham şundaymi? Haqiqatda ham amaliyotda Mahalliy Kengaşlarda şunday qaror qabul qiliş vakolati bormi?

Hammamiz yaxşi bilamizki Mahallliy kengaşlar raislari öşa hududlarning hokimlari hisoblanadi. Hokimlar uçun esa Mahalliy Kengaş qarori asosida iş taşkil etiş emas, balki yuqoridan kelgan topşiriq ijrosini taʼminlaş muhimroq hisoblanadi. Şunday ekan, farzandlarimiz hayoti, soğliğiga oid muhim qarorni aslida heç qanday vakolati, taʼsir kuçi yöq Mahalliy kengaşlar hal qiladi deb kimni aldayapsiz, janob vazir? Özingiznimi yo jamoatçiliknimi?”, deydi Doniyor Ğaniyev.

U vazirning bu harakatini masʼuliyatdan qoçiş va ehtimoliy epidemiologik xavfni inkor qilib bölmasligini taʼkidlagan. Maktab oçilişini Mahalliy kengaşlarga yuklaş esa javobgarlikni özidan soqit qiliş böladi.

“Menga bu köproq Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan masʼuliyatdan qoçiş, ehtimoliy xatoni oldindan suğurtalaş uçun öylab topilgan bir taktikadek tuyulmoqda. Çunki bugungi noaniq epidemiologik vaziyatda öquv yilini anʼanaviy şaklda boşlaş nihoyatda xavfli (riskli) qaror ekanligi hamda katta ehtimol bilan bu qaror özini oqlamasligini taxmin qiliş qiyin emas.

Şu bois, Xalq taʼlimi vazirligi aqlli “yuriş” qilib, masʼuliyatni öz zimmasidan soqid qilib, uni Mahalliy kengaş deputatlari zimmasiga yuklaşni maʼqul körmoqda”, deya vazirning harakatiga baho bergan u.

Deputat yer uçastkalarini olib qöyiş, byudjet tasdiqlaş kabi muammoli vaziyatlarda qaror çiqariş Mahalliy kengaşlarga yuklab qöyilayotganini ham aytib ötgan. Bu usul muammolarning kattalaşib ketişiga sabab bölişi qayd etilgan. Şuningdek, hokimlar Mahalliy kengaş raisi bölib qolayotgani ham tanqid qilingan.

“Umuman olganda, oxirgi paytlarda göyoki Mahalliy kengaşlar vakolatini oşiriş fonida aholi eʼtirozlariga eng köp sabab böladigan muammoli masalalar böyiça qaror qabul qiliş (masalan, yer uçastkalarini olib qöyiş, mahalliy byudjetni tasdiqlaş) vakolatini “qoğozda” Mahalliy Kengaşlarga beriş tendentsiyasi kuzatilmoqda. Garçi bu özgarişlar demokratik jihatdan töğri qadam bölsa-da, lekin amaliyotda bu muammolarni yeçilişidan köra, ularni battar gazzaklab ketişiga xizmat qiladi, xolos. Toki hokimlar bir paytni özida Mahalliy kengaş raisi vazifasini bajariş amaliyotiga çek qöyilmas hamda ularga ijro hokimiyati organlari vakillari bölmagan nomzodlar saylanmas ekan, Mahalliy kengaş vakolatlarini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan barça harakatlar faqat quruq, balandparvoz gap bölib qolaveradi”, deydi Ğaniyev.

Deputatning fikriça, epidemiologik vaziyat yuqori çöqqisiga çiqqan yoki çiqib kelayotgan hududlar (hozirda asosan vodiy viloyatlari)da bu qaror biroz keçiktirilişi, heç bölmasa uşbu hududlarning markaziy, katta şaharlarida maktablar faoliyati hozirça yölga qöyilmay turişi kerak.

“Çunki koronavirus va pnevmoniya infektsiyasi bilan kasallaniş keskin oşib borayotgan bir paytda, farzandlarimiz hayotini yoki ular infektsiya taşuvçi sifatida yoşi katta, hamroh kasalliklari bor oila aʼzolarining hayotini xavf ostiga qoldiriş ehtimoli maktablarni şoşib oçişga arzimaydi”, deya sözini yakunlagan deputat Doniyor Ğaniyev.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda joriy yilning 7 sentyabr kuni 329 ta maktab oçildi. Qolgan maktablar esa 14 sentyabrdan oçilişi kutilyapti. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga köra, maktablarning oçilişi 28 sentyabrga köçirilişi mumkin.

×