Özbekistonda barça umumtaʼlim maktablari 14 sentyabrdan oçilişi mumkin

Özbekistonda barça umumtaʼlim maktablari 14 sentyabrdan oçilişi mumkin

24 avgust kuni boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida Xalq taʼlimi tizimiga doir videoselektor ötkazildi. Bu haqda bloger Isroil Tillaboyev özining Telegram’dagi kanali orqali maʼlum qildi.

Taʼkidlanişiça, videoselektorda respublikadagi maktablarni oçiş böyiça bir qator masalalar körib çiqilgan. Xususan, Özbekistonda 7 sentyabrdan epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan ayrim hududlarda tajriba tariqasida maktablar oçiladi. 14 sentyabrdan esa barça hududlardagi maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi. Maktablar oçilgaç, öquvçilar «Sinf rejimi» tartibida öqişadi. Yaʼni xonama-xona köçib yurmaydi. Barça öqituvçilar koronavirusga test topşiradi, keyinroq virusga qarşi vaktsina qilinadi.

Şuningdek, barça maktablarda izolyatsiya xonalari taşkil qilinadi, maktablarning birontasida burjuyka peçkalar qolmaydi.

Yotoqda qoladigan öquvçilar (IDUMI) oziq-ovqatlari, albatta, SES nazorati ostida böladi.

«Kun.uz»ning yozişiça, şu kuni Samarqand viloyatida epidemiyaga qarşi kuraşiş favqulodda komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötgan. Unda nutq sözlagan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taʼlim muassasalari rahbariga murojaat qilib, sentyabr oyining ikkinçi yarmida maktablarda taʼlim jarayonini boşlaş işlari örganilayotgani haqida gapirgan va mabodo taʼlim jarayonlari boşlanadigan bölsa, viloyatdagi barça maktablarda sanitariya qoidalariga mos jihozlarni tayyorlab qöyiş lozimligini aytgan.

Maʼlumot uçun, maktablarning qaçon oçilişi haqida Respublika maxsus komissiyasi ham, Xalq taʼlimi vazirligi ham rasman axborot bergani yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1—4 va 11-sinflar 2 sentyabrdan, 3—7 va 9-sinflar 20 oktyabrdan, 5—8 va 10-sinflar 5 noyabrdan maktabga borişi haqida aytilgan bölsa, yana birida 10 sentyabrgaça maktablar oçilişiga körsatma berilgani haqida xabar tarqalgan, Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova buni rad etgan, vazirlik 2020/2021-öquv yili uçun 3 ta stsenariy ustida işlayotganini maʼlum qilgan edi.

×