Şavkat Mirziyoyev Lukaşenkoni ğalaba bilan tabrikladi

Şavkat Mirziyoyev Lukaşenkoni ğalaba bilan tabrikladi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukaşenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erişgan ğalabasi bilan qutladi.

«Davlatimiz rahbari öz maktubida saylovçilar iştirokining yuqori darajasi va ovoz beriş natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukaşenkoga bölgan ulkan işonçini va birdamligini, aholi turmuş darajasi va sifatini oşiriş, mamlakatda barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaş yölida amalga oşirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilişini töliq qöllab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Belarus örtasida oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya böyiça muhim loyihalar va gumanitar almaşinuvga oid dasturlar bilan boyitişiga işonç bildirdi»- deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, 9 avgust kuni bölib ötgan saylovlarda Lukaşenko qariyb 80 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi.

×