Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan mamlakat xalqini tabrikladi.
Muhtaram vatandoşlar!
Sizlarni uluğ ayyom – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Qadrli döstlar!
Dunyo miqyosida avj olgan koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil Konstitutsiya kuniga bağişlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda ötkazişning, afsuski, imkoni bölmayapti. Lekin, şunga qaramasdan, bu bayramning ruhi va şukuhi qalblarimizda, yuraklarimizda davom etmoqda. Bu ayyom yurtimizning mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda şodu xurramlik bilan nişonlanmoqda.
Konstitutsiyamizning qoida va tamoyillaridan kelib çiqib, biz bundan tört yil oldin Harakatlar strategiyasini qabul qildik hamda keng kölamli va şiddatli demokratik islohotlarni boşladik. Ularning huquqiy asosini Konstitutsiyamizga 7 marta kiritilgan özgartirişlar, qabul qilingan 5 ta kodeks va 250 ga yaqin qonunlar taşkil etmoqda.
Ötgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqaraşi butunlay özgargani, har bir yurtdoşimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgani Boş qomusimizning hayotbaxş qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Ana şu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Özbekistonni barpo etiş yölida fidokorona mehnat qilmoqda.
“Yangi Özbekiston” degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tuşunça, balki real ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilinmoqda.
Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bölgan bunday yutuq va natijalar barçamizga albatta yuksak ğurur va iftixor bağişlaydi.
Hurmatli yurtdoşlar!
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustun bölgan samarali va barqaror tizim şakllanmoqda.
Ana şunday konstitutsiyaviy poydevorga asoslangan uşbu tizim dunyo şiddat bilan özgarib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda turli tahdid va sinovlar, jumladan, global pandemiyaga qarşi kuraşda, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarning oqibatlarini bartaraf etişda özini töla oqladi.
Konstitutsiyamiz mohiyatiga çuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini taʼminlaş böyiça mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oşirilmoqda.
Avvalo, Asosiy qonunimizda kafolatlangan malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş va kuçli ijtimoiy himoyani taʼminlaş böyiça har bir insonning huquqlarini qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişda barça imkoniyatlar işga solinmoqda.
Pandemiya davrida aholi soğliğini saqlaş, işsiz qolgan fuqarolarga yordam berişga, tadbirkorlarga birinçi darajali eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 10 trillion söm fondga ega bölgan Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi taşkil etilib, uning mablağlari soğliqni saqlaş, ijtimoiy infratuzilmalar, aholi va korxonalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşga yönaltirildi.
Yil davomida 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod fuqaro uçun 34 trillion sömga yaqin imtiyozlar berildi, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va bandlikni oşirişga 2,6 trillion söm qöşimça mablağ ajratildi.
Ötkir ijtimoiy muammo bölib kelayotgan aholini arzon uy-joylar bilan taʼminlaş böyiça davlat dasturi doirasida faqat joriy yilning özida 13 mingdan ziyod yurtdoşlarimizga yangi uylarning kaliti topşirildi.
Şu bilan birga, Sardoba tumanida ofatdan zarar körgan xonadonlar uçun köp qavatli yangi uylar, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini öz içiga olgan gözal va zamonaviy şaharça bunyod etildi.
Oğir turmuş şaroitida yaşayotgan mingdan ortiq xotin-qizlarga uy-joy böyiça boşlanğiç badallar tölab berilgani ham ana şunday ezgu işlarimiz qatoriga kiradi.
Faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy mavqeini mutahkamlaş böyiça jadal işlar davom ettirilmoqda.
Bularning barçasi pandemiya va uning oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy inqirozning salbiy taʼsirini yumşatiş imkonini bermoqda va xalqimizning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Qadrli yurtdoşlar!
Konstitutsiyamizda öz ifodasini topgan adolat printsipini amalda taʼminlaş böyiça ham katta işlar olib borilmoqda. Jumladan, kambağallikni qisqartiriş maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etilmoqda.
Uyma-uy yurib aholi muammolarini örganiş natijasida 2,5 milliondan ziyod aʼzosi bölgan 590 mingdan ortiq oilani qöllab-quvvatlaş uçun 840 milliard söm mablağ ajratildi. Xususan, har bir xonadondagi ayollar va yoşlarning ehtiyoji, hayotiy muammolari aniqlanib, 300 mingga yaqin oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari iş bilan taʼminlandi.
Eng muhimi, odamlarda erkin mehnat qiliş, işbilarmonlik va tadbirkorlik hisobidan kambağallikdan çiqiş tajribasi va könikmasi şakllanmoqda.
Yurt boşiga iş tuşgan oğir kunlarda biznes hamjamiyati, tadbirkor va fermerlarimiz, mehr-oqibatli fuqarolarimiz iştirokida taşkil etilgan “Saxovat va kömak” umumxalq harakati insonparvarlikning yana bir yuksak namoyoni böldi. Umumxalq harakati doirasida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalariga 204 milliard sömlik yordam körsatildi.
“Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan boşlanadi”, degan ğoya asosida umummilliy taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilişga misli körilmagan eʼtibor qaratilmoqda. Ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot, sport sohalarini rivojlantiriş, maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, yoşlarning, ayniqsa, qizlarimizning isteʼdod va qobiliyatini röyobga çiqariş borasida ham köp işlar qilinmoqda.
Bularning barçasi yurtimizda Uçinçi Renessans – milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratişga xizmat qiladi.
Yana bir muhim konstitutsiyaviy tamoyil – inson huquq va manfaatlarini taʼminlaş böyiça barça sohalarda, ayniqsa, sud-huquq tizimida çuqur islohotlar amalga oşirilmoqda. Buning tasdiğini keyingi tört yilda 2 ming 600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi çiqarilib, 2 ming 400 nafar şaxs sud zalidan ozod qilingani, 7 ta sud bosqiçi 3 bosqiçga keltirilib, sud tizimi “bir sud – bir instantsiya” tamoyili asosida qayta taşkil etilayotganida köriş mumkin.
Mamlakatimizda Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya izçil amalga oşirilmoqda.
Afv institutini qöllaş borasidagi işlarimiz izçil davom ettirilmoqda. Şu yilning özida bilib-bilmay jinoyatga qöl urgan va öz qilmişidan puşaymon bölgan 300 dan ortiq şaxs afv etilib, jazoni ötaş joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning jazo muddatlari qisqartirildi.
Uzoq vaqt fuqarolikka ega bölmay kelgan insonlar bugungi kunda özlarini tölaqonli Özbekiston fuqarolari deb his etmoqda. Ötgan yigirma beş yilda 482 nafar şaxsga fuqarolik berilgan bölsa, bugungi kunda 50 mingdan ziyod kişi şu huquqqa ega bölmoqda. Bu esa Birlaşgan Millatlar Taşkilotining fuqaroligi bölmagan insonlar sonini kamaytirişga qaratilgan çaqiriğiga munosib javob böladi.
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk sotib oliş bilan boğliq çeklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini öz nomiga rasmiylaştiriş imkoniga ega böldi.
Muhtaram vatandoşlar!
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş, xalq farovonligini oşiriş borasida olib borilayotgan izçil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilmoqda.
Bu haqda söz yuritganda, şu yil sentyabr oyida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 75-sessiyasida Özbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator global va mintaqaviy taşabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda keng qöllab-quvvatlanganini taʼkidlaş örinlidir.
Oktyabr oyida esa mamlakatimiz milliy davlatçiligimiz tarixida ilk bor Birlaşgan Millatlar Taşkilotining asosiy organlaridan biri bölgan Inson huquqlari kengaşiga aʼzo etib saylandi.
Bu – biz olib borayotgan oçiq va faol taşqi siyosatning yana bir katta yutuği, desak, har tomonlama töğri böladi.
Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxşilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat taşkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örni yil sayin yuksalmoqda.
Pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sababli yuzaga kelgan turli tösiq va muammolarga qaramasdan, taşqi aloqalarimiz töxtab qolmadi. Qöşni va hamkor davlatlar bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalar uzluksiz davom etmoqda.
Xorijiy mamlakatlardagi fuqarolarimizning mavjud muammolarini tezkor va ijobiy hal etiş, ularga amaliy huquqiy yordam körsatiş hamda Vatanimizga qaytariş borasida bu yil aniq çora-tadbirlar amalga oşirilgani xalqimizga yaxşi maʼlum. Xususan, pandemiya davrida 500 mingdan ziyod Özbekiston fuqarosi yurtimizga olib kelindi. Çet ellarda qiyin ahvolga tuşib qolgan 100 mingga yaqin yurtdoşimizga turli yordamlar körsatildi.
Yolğon vaʼdalarga aldanib, mamlakatimizdan çiqib ketgan va qurolli mojarolar bölayotgan Yaqin Şarq mintaqasida oğir kunlarni boşidan ötkazayotgan fuqarolarimiz, asosan ayollar va bolalarni mamlakatimizga qaytarib olib keliş böyiça insonparvarlik tadbirlari davom ettirilmoqda.
Şu munosabat bilan yana bir bor taʼkidlab aytmoqçiman: Özbekiston fuqarolari hamişa öz davlati va Konstitutsiyasi himoyasida böladi va biz bu tamoyilni bundan buyon ham qatʼiy amalga oşiramiz.
Hurmatli döstlar!
Keyingi yillarda erişgan ijobiy natijalarimiz biz közlayotgan uluğvor maqsadlar yölidagi dastlabki qadamlar ekanini yaxşi tuşunamiz. Bu borada hali oldimizda ulkan vazifalar turibdi.
Birinçidan, Konstitutsiya va qonunlarimizni yanada takomillaştirişni bugun hayotning özi talab etmoqda. Jumladan, xalqimiz manfaatlariga, hayotimizning barça sohalarini erkinlaştirişga xizmat qiladigan qonunlarni qabul qiliş, davr talablariga javob bermaydigan qonun hujjatlarini bekor qilib, qonunçilik bazasini ixçamlaştiriş, biznes faoliyatini tartibga soliş borasidagi ortiqça normalarni kamaytiriş zarur.
Uşbu vazifalarni bajarişda siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol böladilar, deb öylayman.
Ikkinçidan, taraqqiyot kuşandasi bölgan korruptsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişning taʼsirçan mexanizmlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş lozim.
Sönggi ikki yilda noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion söm zarar yetkazgan 1986 nafar mansabdor şaxs korruptsiyaga oid jinoyatlari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgani bu masala naqadar dolzarb ekanini körsatadi.
Mazkur yönalişdagi işlarimizni tizimli va kompleks davom ettiriş uçun 2021-2025 yillarga möljallangan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş milliy strategiyasi ustida iş olib bormoqdamiz.
Şu örinda yana bir bor taʼkidlab aytaman: bu masala biz uçun öta muhim va ustuvor vazifa bölib qoladi. Çunki korruptsiya – bu davlatimizni iç-içidan yemirib, milliy xavfsizligimizga rahna soladigan ğoyat xatarli tahdid va unga qarşi murosasiz kuraş olib boriş – barçamizning burçimizdir.
Uçinçidan, mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalik, millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglikni mustahkamlaş, jamoat tartibini saqlaş masalalariga yanada kuçli eʼtibor qaratişimiz zarur. “Qonun – ustuvor, jinoyatga – jazo muqarrar” degan konstitutsiyaviy tamoyilni amalda taʼminlaş uçun huquq-tartibot idoralarining bor kuç va imkoniyatlari safarbar etiladi.
Törtinçidan, muhtaram nuroniylarimiz, hurmatli xotin-qizlarimiz, aziz yoşlarimizning hayotiy manfaatlarini taʼminlaş, xonadon va mahallalarimizda, yagona va ahil oila bölib yaşayotgan köpmillatli yurtimizda tinçlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş biz uçun bundan buyon ham ustuvor vazifa bölib qoladi.
Beşinçidan, söz va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişga qaratilgan işlarimizning taʼsirçanligini yanada oşiramiz.
Bir haqiqat hammamizga ayon bölişi kerak: barça sohalarda amalga oşirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralik, özini özi tanqid va demokratik yangilaniş jarayonlari endi heç qaçon ortga qaytmaydi va biz bu yölni qatʼiy davom ettiramiz.
Aziz va muhtaram vatandoşlar!
Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qiliş, yurtimizda yaşayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir insonga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş – davlatimiz va jamiyatimizning boş vazifasidir.
Mana şunday ezgu va şarafli maqsad yölida keksayu yoş barça vatandoşlarimiz bir tanu bir jon bölib harakat qiladilar, yangi Özbekiston bunyodkori bölib maydonga çiqadilar, deb işonaman.
Sizlarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, şaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Xonadonlarimizni, gözal yurtimizni tinçlik-osoyiştalik, fayzu baraka aslo tark etmasin!
Barça ezgu orzu-niyatlarimiz röyobga çiqsin!
Yaratganning özi hammamizni panohida asrasin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti









