Prezident Şavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan Özbekiston xalqiga bayram tabrigi yölladi.
Qadrli va muhtaram vatandoşlar!
Avvalambor, siz azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlarni, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-ukalarimiz, opa-singillarimizni, azmu şijoatli yoşlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan çin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni bildiraman.
Ramazoni şarif ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida azal-azaldan alohida örin egallab keladi.
Uşbu qutluğ oyda sabru qanoat, şukronalik, ruhiy poklaniş, mehr va kömakka muhtojlarga yanada eʼtiborli böliş, savobli amallar qilişdek olijanob fazilatlar bu yil yurtimizda har qaçongidan ham yaqqol namoyon böldi, desam, öylaymanki, sizlar ham bu fikrga qöşilasiz.
Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boşimizga tuşgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar şaroitida “Olloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir”, degan ilohiy ögitga amal qilib, tuşkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bölib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini körsatganini jahon hamjamiyati eʼtirof etmoqda. Bu bilan har qança faxrlansak, arziydi.
Asrlar davomida xalqimiz ongida bağrikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni şakllantirişda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning örni va taʼsiri albatta beqiyosdir.
Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etişda yuzaga kelgan maʼlum qiyinçiliklarni töğri tuşunib, bu masalaga oqilona yondaşgan, ayni vaqtda “Saxovat va kömak” umumxalq harakatida faol iştirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bölgan keksa-yu yoş barça vatandoşlarimizga şu uluğ ayyom kunlarida yana bir bor çuqur minnatdorçilik bildiraman.
Aziz döstlar!
Maʼlumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham koronavirus pandemiyasi bilan boğliq muşkul vaziyatni boşimizdan ötkazmoqdamiz. Şu örinda bir haqiqatni eslatib ötişni zarur, deb bilaman.
Karami keng Alloh taolo muqaddas Qurʼoni karimda insonlarni masʼuliyatli sinov kunlarida sabr va qanoatli bölişga daʼvat etib, “Albatta, qiyinçilik bilan birga yengillik ham bordir”, deb marhamat qiladi.
Çindan ham, har qaday taşviş ortida yengillik va yoruğlik borligini koronavirus kasalligidan soğayib çiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning katta yordami va kömagi bilan öz hayotini yangitdan yölga qöyib olayotgan minglab vatandoşlarimiz qalbdan his etmoqdalar.
Şu maʼnoda, bugungi qiyinçiliklar albatta ötib ketadi, hali qança xursandçilik kunlar, bayram va hayitlarni barçamiz birgalikda nişonlaymiz, deb işonaman.
Şubhasiz, har qanday maşaqqatni mehnat va matonat, sabru çidam bilan mardona yengib ötgan olijanob xalqimiz bu sinovlardan yanada kuçli va qudratli bölib çiqadi.
Ana şunday qatʼiy işonç va kötarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettiriş yölida davrning özi talab etayotgan, biz boşlagan keng kölamli islohot va özgarişlarni bir yoqadan boş çiqarib, izçil amalga oşirib, oldimizga qöygan ulkan marralarga albatta erişamiz.
Siz, aziz va muhtaram vatandoşlarimni ezgu niyatlar röyobga çiqadigan, xayrli amallar uçun behisob savoblar yoğiladigan, özaro birdamlik, döstlik va ahillik tuyğulari tarannum etiladigan şukuhli Iyd-ul-Fitr bilan yana bir bor çin yurakdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, jahondagi barça mömin-musulmon birodarlarimizni ham xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinçlik-osoyiştalik, fayzu baraka va farovon hayot tilayman.
Niyati pok, maqsadlari uluğ xalqimizning uşbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlari va duolari ijobat bölsin!
Parvardigori olam doimo yölimizni ham, yuzimizni ham yoruğ qilsin! Yurtimizni, elimizni turli balo-qazolardan Özi asrasin!
Vatanimiz tinç, xalqimiz soğ-salomat bölsin!
Ramazon hayiti barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti









