Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakçisini kuni keça bölib ötgan prezident saylovidagi işonçli ğalabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik halqi farovonligi va ravnaqi yölidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat çoğida Özbekiston-Tojikiston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Davlat rahbarlari örtasida erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş, Hukumatlararo komissiya qarorlarini bajariş hamda bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar uçun yangi kun tartibini işlab çiqiş muhimligi alohida taʼkidlandi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Prezidentlar Qozoğiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Özbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining Qirğiz Respublikasidagi vaziyat yuzasidan qöşma bayonoti qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Muloqot söngida mamlakatlarimiz örtasidagi uzoq muddatli va keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga ikkala tomonning ham intilişi qatʼiy ekani taʼkidlandi.
Suhbat har doimgidek samimiy, oçiq va döstona ruhda ötdi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.









