Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Yangi – 2022 yil bilan tabrikladi.

Aziz va muhtaram vatandoşlar!

Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni, Yangi – 2022 yil bilan samimiy muborakbod etaman.  Şu quvonçli damlarda barçangizga tinçlik-osoyiştalik, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilayman!

Bugun, Yangi yil ostonasida turib, ötayotgan yildan rozi bölsak, Yaratganga har qança şukronalar aytsak, arziydi.

"Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili" hayotimizda yorqin iz qoldirmoqda. Yil davomida sizlar bilan birga ulkan işlarni amalga oşirdik.

Pandemiya va global inqirozga qaramasdan, yurtimizda yuqori iqtisodiy ösiş taʼminlandi. Köplab korxonalar, klaster va texnoparklar, zamonaviy infratuzilma tarmoqlari barpo etildi.

Yangi-yangi uy-joylar, boğça va maktablar, oliygoh va şifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari foydalanişga topşirilmoqda.

Tadbirkorlik harakati, jumladan, xotin-qizlar va yoşlar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda.

Dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, bu yil ham möl hosil yetiştirdilar.

Şahar va qişloqlarimiz obod bölib, Yangi Özbekistonning betakror qiyofasi şakllanmoqda.

Bilimdon va ğayratli yoşlarimiz katta-katta yutuqlari bilan xalqimizni yanada quvontirmoqda. Mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda. Fursatdan foydalanib, xorijiy hamkorlarimiz, çet davlatlar xalqlarini Yangi yil bilan tabriklab, ularning barçasiga tinçlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz döstlar!

Yurtimizda keng kölamli islohotlarimiz barqaror tus oldi.

Ularni yanada rivojlantiriş maqsadida biz  Yangi Özbekiston Taraqqiyot strategiyasini işlab çiqdik.

Uning asosida "Inson qadri uçun", degan uluğvor ğoyani amalga oşiramiz.

Biz yangi yilga nom berişda, keng jamoatçilikning fikrlarini örgandik. Ana şu takliflardan kelib çiqib, men Yangi – 2022 yilni mamlakatimizda "Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili" deb eʼlon qilişni taklif etaman.

Inson qadrini uluğlaş – yurtimizda yaşayotgan  har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlaş demakdir.

Bu borada jamiyatimiz asosi bölgan mahalla  hal qiluvçi örin tutadi.

Mahalla tinç bölsa, yurt tinç böladi.

Mahalla obod bölsa, mamlakat obod böladi.

Şu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali  iş olib boriş faoliyatimizning boş mezoniga aylanadi.

Bebaho boyligimiz bölgan tinçlik va barqarorlikni taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

2022 yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş eʼtiborimiz markazida böladi.

Aholi daromadlarini köpaytiriş, iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oşirişga qaratilgan muhim işlarni davom ettiramiz.

Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, soğliqni saqlaş, taʼlim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirişga barça resurslar jalb etiladi.

Muhtaram uruş va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, kömakka muhtoj insonlarga ğamxörlik körsatişga alohida eʼtibor beramiz.

Yurtimizni yanada obod qiliş, zamonaviy  uy-joylar, jumladan, barça hududlarimizda "Yangi Özbekiston massivlari"ni quriş asosiy vazifalarimizdan biri böladi.

Işontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bölişi uçun bor kuç  va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aziz va qadrli vatandoşlarim!

Barçangizni Yangi – 2022 yil bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yilimiz qutluğ va barakali kelsin!

Keksalarimizning umrini, yoşlarimizning kamolini bersin!

Dilbar ayollarimizga doimo baxtu iqbol yor bölsin!

Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!

Yangi yil barçamizga muborak bölsin!

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

×