Osiyo davlatlari AQŞ va Xitoyda işlab çiqilgan koronavirusga qarşi vaktsinalardan birini tanlaşga majbur. «South China Morning Post» gazetasining jurnalistlari ekspertlar bilan suhbatlaşganda, mintaqa davlatlari motivatsiyasini izohlab berişdi.
Dunyo böylab 160 ta vaktsina işlab çiqiş ustida iş olib borilmoqda. Farmatsevtika kompaniyalari mamlakatlar bilan şartnoma imzolaşni allaqaçon boşlab yuborişgan. Davlatlar koronavirus infektsiyasiga qarşi vaktsina iqtisodiyotni tezroq tiklaşga va normal hayotga qaytişga yordam berişiga umid qilişmoqda.
Pekin tomonidan işlab çiqilgan vaktsinani sotib olişni xohlovçilar orasida Filippin va Malayziya bor. Indoneziya Xitoy bilan birgalikda dori işlab çiqmoqda: «Bio Farma» va «Sinovac» kompaniyalari apreldan beri buning ustida şuğullanişmoqda. Mabodo uddalaşsa, yiliga 250 million dozadan vaktsina işlab çiqarişadi. Şu bilan birga, Osiyoning boşqa mamlakatlari — jumladan, Yaponiya, Singapur va Tailand katta ehtimol bilan Amerika vaktsinasini xarid qilişadi. Mana, masalan, Tokio va Amerikaning dori işlab çiquvçi kompaniyalari eksperimental dozalarni yetkazib beriş böyiça kelişib qöyişgan.
«Marsh & McLennan Advantage» kompaniyasining soğlom jamiyat bölimi direktori Kavita Xarixaranning fikriça, bunday tanlov vaktsinalarning xavfsizligi va samaradorligi bilan boğliq. Bundan taşqari, davlatlarni dorining narxi taşvişga solmoqda: şu tufayli aholisi köp bölgan mamlakatlar mahsuloti arzonroq bölgan farmatsevtika kompaniyalarini tanlaşi ehtimoldan xoli emas.
Singapur milliy universiteti jamoat salomatligi maktabi dotsenti Jeremi Limning taʼkidlaşiça, geosiyosiy sabablar ham Osiyo tanloviga taʼsir ötkazadi. Deylik, birorta mamlakat Xitoy bilan tarixan yaxşi munosabatlarga ega. U öz manfaatlarini vaktsina xavfsizligi va samaradorligidan ustun qöyişi turgan gap.









