Xitoy sanktsiyalar sabab arzonlaşayotgan rus kompaniyalari uluşini sotib olmoqçi

Xitoy sanktsiyalar sabab arzonlaşayotgan rus kompaniyalari uluşini sotib olmoqçi

Xitoy Rossiyaning “Gazprom”, “Rusal” va boşqa energetika, xomaşyo kompaniyalari aktsiyalarini sotib oliş yoki mavjudlarini oşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib, xabar berdi.

Pekin özining davlat firmalari, jumladan China National Petroleum Corp., China Petrochemical Corp., China Aluminium Corp. va China Minmetals Corp. bilan Rossiya kompaniyalari yoki aktivlariga sarmoya kiritiş imkoniyatlari haqida muzokaralar olib bormoqda. Har qanday kelişuv Xitoy importini köpaytirişga qaratilgan böladi, çunki XXR öz energiya va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşdan tobora köproq manfaatdor, deydi ekspertlar.

Naşrning taʼkidlaşiça, munozaralar dastlabki bosqiçda va kelişuvlarga olib kelmasligi mumkin. Ayrim xabarlarga köra, Xitoy va Rossiya energetika kompaniyalari örtasida muzokaralar boşlangan. Ukrainadagi vaziyat Pekinga bosimni oşirdi, çunki mamlakatda energiya, metallar va oziq-ovqat narxi misli körilmagan darajaga kötarildi.

Narxlar oşişining iqtisodga taʼsiridan xavotirlangan amaldorlar tovar yetkazib beriş xavfsizligini taʼminlaşga ustuvor ahamiyat beriş töğrisida buyruqlar çiqardi. Xitoy Yevropa va Amerika kompaniyalarining Rossiyadan ommaviy ravişda çiqib ketişiga qaramay, Rossiya bilan normal savdo aloqalarini davom ettirişga vaʼda bergan.

Oxirgi beş yil içida Xitoy Rossiyadan energiya manbalarini xarid qilişni ikki barobarga oşirib, qariyb 60 milliard dollarga yetkazdi. Xitoyning CNPC kompaniyasi “Yamal SPG” loyihasining 20 foiz uluşiga va “Arktik SPG-2”ning 10 foiz uluşiga ega, Cnooc Ltd. — “Arktika”ning 10 foiz uluşini sotib olgan. 

×