Toşkent şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi boşlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sammit işida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iştirok etmoqda.
Delegatsiyalar rahbarlarining birgalikda suratga tuşiş marosimi bölib ötdi.
Söng davlat yetakçilarining tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Davlatimiz rahbari hamkasblarini samimiy qutlab, uşbu uçraşuv hayot talabi, tomonlarning yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş va şeriklikni kengaytirişga intilişi ifodasi ekanini taʼkidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli oxirgi yillarda köplab murakkab masalalarga yeçim topildi. Bu ijobiy özgarişlar xalqlarimiz tomonidan qöllab-quvvatlandi hamda butun dunyoda yuqori baholandi.
Şu bilan birga, tez özgarayotgan dunyoda yangidan yangi masalalar kun tartibiga çiqmoqda. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar, barqaror rivojlanişga halal beruvçi omillar paydo bölmoqda. Bu özaro işonçga asoslangan şeriklikni mustahkamlaşni, saʼy-harakatlarni muvofiqlaştirişni talab etmoqda.
Yetakçilarning mazkur uçraşuvi oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi.
– Yaratganning inoyati bilan biz qöşnilarmiz. Xalqlarimizning tarixi va taqdiri, kelajagi çambarças boğliq. Bu esa mintaqamizni birlaştiruvçi katta kuçdir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda köp tomonlama hamkorlik böyiça yagona nuqtai nazarni kelişiş zarurligini taʼkidlab, uning asosiy yönalişlari haqida öz fikrlarini bildirdi, qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirişdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomaşyo va inson resurslari salmoqli bölgan mintaqamizning raqobatdoş ustunliklarini imkon qadar töliq işga soliş muhim. Qöşilgan qiymat zanjirini şakllantiriş, mintaqa içidagi savdoni kengaytiriş, iş örinlarini yaratiş maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlaş va kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş lozim.
Özbekiston qişloq xöjaligi maşinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, töqimaçilik sanoati, agrar tarmoqda faol hamkorlik qilişga tayyor ekani bildirildi.
Prezidentimiz şu maqsadda Toşkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari investitsiyaviy forumini taşkil etiş, savdo-sanoat palatalari rahbarlari uçraşuvlarini har yili ötkazişni taklif qildi.
Ikkinçi muhim yönaliş – mintaqaning transport jihatidan özaro boğliqligini mustahkamlaş va tranzit salohiyatini röyobga çiqariş.
Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa içida uzluksiz kommunikatsiyani taʼminlaşi, şuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilişi lozimligi taʼkidlandi.
Transport kommunikatsiyalari böyiça mintaqaviy kengaş tuzilişini, Markaziy Osiyo transport tizimini birgalikda rivojlantiriş böyiça dastur va bitimning kelişilişini tezlaştiriş muhimligi qayd etildi.
Uçinçidan, mintaqamizning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş zarurligi, Özbekiston qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşini oşiriş, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratiş borasidagi qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekani taʼkidlandi.
Mamlakatlarimizning ulkan turizm salohiyatini amalga oşiriş yana bir istiqbolli yönalişdir. Davlatimiz rahbari buning uçun Markaziy Osiyoning yagona, köpçilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uçun umumiy bölgan jozibador turizm mahsulotlarini şakllantiriş lozimligiga eʼtibor qaratdi.
Şu maqsadda Prezidentimiz “Markaziy Osiyo böylab sayohat” xalqaro turizm konferentsiyasini ötkaziş taklifini bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev suvdan foydalaniş borasidagi muammolarni hal etişga doir özaro kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqişni taklif etdi, Afğonistonda tinçlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanişga erişişga kömaklaşiş yölida mintaqa mamlakatlarining saʼy-harakatlarini muvofiqlaştiriş muhim ekanini taʼkidladi.









