Davlat statistika qömitasisi boşqarma boşliği Jahongir Yöldoşevning xabariga köra, özbekistonliklar bir yilda örtaça 43,2 kilogramm göşt va göşt mahsulotlarini isteʼmol qiladi.
"Bu körsatgiç kam yoki köp ekani haqida biror narsa deya olmayman. Ammo aholining göşt isteʼmoli qöşni Tojikiston yoki Qirğizistondan köproq. Ammo Rossiya, Qozoğiston, Ozorboyjon va boşqa Boltiqböyi davlatlari aholisiga nisbatan kamroq göşt isteʼmol qilamiz", — dedi Yöldoşev.
Sputnik tomonidan qöşimça maʼlumot sifatida şuni aytiş mumkinki, Özbekiston aholisi kamroq göşt isteʼmol qilsada, uşbu göşt asosan yuqori sifatli oqsil va aminokislotalarga boy bölgan mol va qöy göştidir. Özbekistonda parranda va baliq göşti juda kam isteʼmol qilinadi.
Statistik maʼlumotlariga köra, Rossiya va boltiqböyi mamlakatlarida aholi isteʼmol qiladigan göştining 30-50 % tovuq göştiga töğri keladi. Maʼlumki tovuq göşti, aksariyat hollarda, sunʼiy ozuqa qöşimçalari yordamida tez yetiştiriladi (30kunda) va unda inson organizmi uçun kerakli bölgan foydali moddalar miqdori kamroq böladi.









