Konor “yuriş”ni kimdan örgangan? (+video)

Konor “yuriş”ni kimdan örgangan? (+video)

Konor Makgregor - bu brend. U Irlandiyalik taniqli UFC jangçisi, doimiy ravişda maşhurlik va taniqli böliş bilan boğliq bölgan narsalar ustida işlamoqda. Ayniqsa, Konorning qirollardek yurişi haqida hamma biladi.

Şunday qilib, u nafaqat oktagonda, balki matbuot anjumanida, intervyularda, umuman, sud zalidan taşqari hamma joyda şu yurişi bilan eʼtiborga tuşgan. Aslida, bu "Miliarderning yurişi" deyiladi va uni Makgregor “ixtiro” qilganmi?

Vins Makmen hozirda WWEning asosiy kuraşni tarğib qiliş böyiça boş direktori bölib, ilgari u özi ringda janglar ötkazgan, yorqin va jozibali çiqişlari bilan yodda qolgan. Dastlab 90-yillarning oxirlarida, faoliyatining eng yorqin davrlarida Vins şu tariqa yurişni amalga oşirgandi. Faqat Makmen jangoldi uçraşuvlariga va mikrofondagi çaqiruvlargagina şunday borardi.

"Milliarderning yurişi" (va Makmen haqiqatan ham, milliarder)ni Konor payqab qolgan va u ham oktagonga xuddi şunday kirişni boşlagan. Va bu ham Makgregorga maşhurlik keltirganligi sababli köpçilik uni Konorga xos harakatlar sifatida qabul qila boşlagan.

– Vinsdan taşvişlanmayman. Töğri, men bu yurişni öğirladim, lekin bu endi meniki. Na Vins va na boşqasi bu borada men bilan bahslaşolmaydi. Bu mening yurişim. Men uni öylab topdim va amalga oşirdim”, deydi Konor.

Bu borada Makgregor haq bölişi mumkin. Çunki aynan uning yuqoridagi gaplari tufayli boşqalar ham eʼtiborini “Milliarderning yurişi”ga qaratib, uni takrorlay boşlaşgan.

Şu tariqa “Xit parad” boşlandi:

Serxio Ramos

Pol Pogba

Mark Gazol

Bu yurişda kim ğolibligini esa özingiz hal qiling.

×