«Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi (https://regulation.gov.uz/uz/document/4931). Loyihada notariat institutini takomillaştirişga oid ayrim yangiliklar bor. Jumladan, quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlaş tartibi bekor qilinişi rejalaştirilmoqda:
▪️ 2019 yil 1 oktyabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) örtasida transport vositasidan foydalaniş töğrisidagi işonçnomani;
▪️ 2020 yil 1 yanvardan — yuridik şaxslarning, xususan bank va boşqa kredit taşkilotlarining korxonani ijaraga, tekin foydalanişga beriş, yangi köçmas mulk va transport vositalari böyiça lizing, garov (ipoteka) şartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) şartnomalarini rasmiylaştirgan bank va boşqa kredit taşkilotlari mol-mulkka taqiq qöyiş va yeçişni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oşiradi.
Agar farmon loyihasi joriy tahrirda imzolanadigan bölsa, 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab maşina haydaş uçun yaqin qarindoşlar — ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillarni suğurta polisida körsatişning özi kifoya, notariusdan işonçnoma oliş şart bölmaydi. Hujjat loyihasining muhokamasi 4 avgustga qadar davom etadi — muhokamada qatnaşing (https://regulation.gov.uz/uz/document/4931)!









