Özbekistonda yangi avtomobilni texnik körikdan ötkaziş talabi bekor qilinişi mumkin

Özbekistonda yangi avtomobilni texnik körikdan ötkaziş talabi bekor qilinişi mumkin

Özbekistonda transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi soddalaştiriladi. Bu haqda jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan 2021 yil davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga köra, yangi avtomobilni texnik körikdan ötkaziş talabi bekor qilinişi hamda transport vositasini texnik körikdan ötkaziş eksterritoriallik printsipi asosida, yaʼni «propiska»dan qatʼi nazar, transport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş uçun murojaat qiliş imkoniyati yölga qöyilişi mumkin.

Şuningdek, transport vositasini texnik körikdan ötkaziş muddatlari ham uzaytirilişi mumkin.

Avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvçi elektron baza yaratiladi. Avtomobillarni boşqa şaxsga beriş haqidagi şartnoma «yagona darça» tamoyili asosida rasmiylaştiriş imkoniyati berilişi mumkin.

Bundan taşqari, haydovçilik imtihonlarini videokuzatuv qurilmalari yordamida internet orqali kuzatiş imkoni ham yaratilişi kutilmoqda.

Hujjat loyihasi muhokamasi 27 yanvargaça davom etadi.

×