Endi Özbekistonda olingan haydovçilik guvohnomasi bilan Rossiyada maşina boşqariş mumkin

Endi Özbekistonda olingan haydovçilik guvohnomasi bilan Rossiyada maşina boşqariş mumkin

Özbekistonda olingan haydovçilik guvohnomasi Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasi maʼlum qilib ötdi.

«Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş boş boşqarmasiga tayanib maʼlum qiladiki, Özbekiston Respublikasida 2011 yil 28 martga qadar berilgan, amal qiliş muddati belgilanmagan haydovçilik guvohnomalari Yöl harakati töğrisidagi Vena konventsiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedratsiyasi hududida tan olinadi.

Özbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq Boş konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi», — deyiladi xabarda.

×