Özbekistonda suğurtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qöyiş, bekor qilinişi mumkin

Özbekistonda suğurtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qöyiş, bekor qilinişi mumkin

Deputatlar avtotransport vositasini suğurta yöqligi uçun jarima maydoniga qöymaslik töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqdi. Deputat Rasul Kuşerbayev bu haqda özining Telegram kanalida maʼlum qilgan.

Hujjat loyihasida transport vositalari egalarining öz fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi hujjatni talab qilgan vaqtida yonida bölmaganligi) uçun transport vositasini jarima maydonida majburiy uşlab turiş amaliyotini bekor qiliş nazarda tutilmoqda.

Yaqinda «Mening fikrim» veb-portalida avtotransport vositasining suğurtasi yöqligi yoki texnik körikdan ötmaganligi tufayli jarima maydoniga qöyiş amaliyotini bekor qiliş haqidagi taklif 10 mingdan ziyod ovoz olgan edi.

Uşbu taklif nizomga muvofiq Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oşiriş maqsadida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi.

Örganişlar davomida xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Angliya, Rossiya, Belarus, AQŞning bir qator ştatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polislari bölmasa, maʼmuriy jarimalar belgilanişi, biroq transport vositasini uşlab turiş amaliyoti yöqligini körsatgan.

Qonun loyihasi tez orada Qonunçilik palatasining yalpi majlisida körib çiqiladi.

Rasul Kuşerbayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Avval «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositasining suğurtasi yöqligi yoki texnik körikdan ötmaganligi tufayli jarima maydoniga qöyiş amaliyotini bekor qiliş haqida petitsiya eʼlon qilingandi. Şuningdek, Özbekistonda haydovçilik guvohnomasini oliş uçun avtomaktablarda öqiş majburiyligini bekor qiliş ham taklif etilgan.

×