Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va telegram kanallarda AQŞnig Kaliforniya ştatida 2012 yildan boşlab avtomobil oynalari majburiy va bepul qoraytirilişi haqidagi xabar rosa aylantirildi. Buni, albatta, Özbekiston hukumatiga jamoatçilikning “signali” sifatida qabul qiliş mumkin.
Özbekistonda avtomobil oynalarini qoraytiriş uçun maxsus ruxsatnoma talab etilişi hamda buning uçun tölovning yuqoriligi ötgan yillar davomida yetarliça va ortiği bilan muhokama qilindi. Va bu borada parlament quyi palatasining ayrim deputatlari tomonidan orqa oyna tusini bepul özgartiriş, şuningdek, agar avtomobilning ikki yonida orqa tomonni köriş uçun közgu bölsa, pardalarni (çiyparda, darpardalar) iliş mumkinligiga erişildi.
Ammo bu masalaning yeçimi emas. Çunki gap avtomobilning faqat orqa va orqa yon oynalari haqida emas, barçasiga birdek taalluqlidir. Çunki avtomobil salonida eng avvalo haydovçi uçun qulaylik yaratiş zarur.
Eslatib ötamiz, bugungi kunda öz avtomobili oynalarini qoraytirmoqçi bölgan fuqarolar bir yil muddat uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi qaroriga asosan, orqa va old yon oynalar uçun Bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (11 150 000 söm), orqa yon oynalar uçun BHMning 10 baravari (2 230 000 söm) miqdorida tölovni amalga oşirişlari zarur.
Mazkur tölov miqdorining yuqoriligi bois, bugungi kunda ayrim fuqarolargina avtomobil oynalari tusini özgartirgan. 2019 yil statistikasiga köra, ular jami avtomobillar sonining 0,1 foizini ham taşkil qilmagan.
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fuqarolarga qulaylik yaratiş hamda mutaxassislarning xulosasiga köra fuqarolarning quyoşning ultrabinafşa nurlaridan teri saratoni kasaliga çalinişlarining oldini oliş, avtomobil konditsionerlarini kamroq işlatilişiga va buning natijasida yonilği kamroq sarflanib, atrof-muhitga zararli moddalarning kamroq çiqişiga, pirovardida ekologiyani asraşga erişiş maqsadida avtomobil oynalari tusini özgartiriş uçun belgilangan tölovlarni bekor qiliş, zarur deb hisoblaydi.
Buning uçun partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraktsiyasi va xalq deputatlari Mirzo Uluğbek tuman Kengaşidagi ÖzMTDP guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hukumatning 2020 yil 2 avgustdagi “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 646-sonli qaroriga tegişli özgartiriş kiritiş böyiça taklif tayyorlandi.









