Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning uşlanişi bilan boğliq videotasvir tarqaldi. Toşkent şahar IIBB bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
"2020 yilning 3 avgust kuni taxminan soat 12:30 larda PPX brigadasi 3 batalon 5 otryad xodimlari safdorlar B.Mirzaxakimov va A.Xudoyberdiyevlar Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Şarof Raşidov köçalarining kesişmasidagi çorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, çorrahada ikki nafar qizlar tilançilik qilayotganligini aniqlaşgan. Uşbu qizlar özining xatta-harakatlari bilan yölning serqatnov qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirib, transport vositalari haydovçilariga xalaqit berişgan.
Qizlar örnatilgan qonun qoidalarni buzayotganligi tuşuntirilib, ularga yaqin oradagi Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIBga borişlari söralgan. Biroq 18 yoşli Sarvinoz E. va 19 yoşli Şaxzoda A. xodimlarga faol qarşilik körsatib, ularni haqorat qilişgan va atrofdagi odamlarning diqqatini tortiş maqsadida şovqin kötarişgan. Natijada xodimlar qöşimça kuçlarni çaqirib, uşbu qizlarni IIBga olib kelişgan.
Profilaktika inspektori K.Djurayev uşbu fuqarolar bilan profilaktik tuşuntiriş işlarini olib borib, tilançilik qilganlik uçun javobgarlik belgilanganligini maʼlum qilgan. Ular tomonidan bu holat birinçi marotaba sodir etilayotganligi sababli qizlarga ogohlantiriş berilgan".









