Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahrida Içki işlar bölimi xodimi soqol qöygan yigitni zörlik bilan olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi mazkur holat böyiça Qaşqadaryo viloyati IIB tomonidan ötkazilagn tekşiruv natijalarini eʼlon qildi.
Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasining maʼlumotiga köra, xaqiqatdan ham joriy yilning 31 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyati IIB Post-patrul va jamoat tartibini saqlaş bölinmasi xodimi serjant X.Normurodov belgilangan taqsimotga asosan Qarşi şahridagi “Oqtepa fayz baraka” savdo majmuasi (xalq orasida Orzu bozori deb nomlanadi) hududida jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida xizmatga jalb etilgan.
Xizmat jarayonida, savdo majmuasi hududida noqonuniy valyuta savdosi bilan şuğullanganligiga gumon qilib, Kasbi tumanida yaşovçi 1993 yilda tuğilgan F.Axadovni huquqbuzarlik sodir etmasligi töğrisida oğzaki ravişda ogohlantirib, uşbu joyni tark etişi xaqida talab qöygan. Öz navbatida F.Axadov xodimning sözlariga bepisandlik qilganligi oqibatida ular örtasida tortişuv yuzaga kelgan. Şundan söng X.Normurodov fuqaroni şaxsini aniqlaş maqsadida, uni, bozor hududidagi tayanç punktiga olib boriş uçun patrul avtomaşinasiga mindirmoqçi bölganida, F.Axadov qarşilik körsatgan. Aynan mana şu holat videotasvirda aks ettirilgan.
X.Normurodov fuqaro F.Axadovni avtomaşinaning huquqbuzarlarni olib yuriş uçun möljallangan orqa qismiga mindirib, içki işlar organlari tayanç punktiga olib borgan. U yerda X.Normurodov F.Axadovning xatti-harakatlari noörinligini, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunişi uning burçi ekanligini tuşuntirgan, şundan söng F.Axadov X.Normurodovdan uzr sörab, boşqa bunday holat qaytarilmasligini taʼkidlagan. X.Normurodov öz navbatida fuqaroni oğzaki ogohlantiriş bilan çeklanib, huquqbuzarlik holatini xujjatlaştirmasdan F.Axadovga javob berganligi maʼlum böldi.
Tekşiruv jarayonida X.Normurodov fuqaro F.Axadovni ismini bilmaganligi sababli, uning soqol qöyib olganligi uçun unga nisbatan “soqoltoy” deb murojaat qilganligi, diniy eʼtiqodi böyiça tahqirlaş mazmunida biror bir gap aytmaganligi, fuqaro F.Ahadov ham buni tasdiqlayotganligi aniqlangan.
Xulosaga köra X.Normurodov fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasb madaniyatini tamoyillarini buzganligi, özining xatti-harakatlari tufayli keng jamoatçilikda içki işlar organlarining faoliyatiga nisbatan salbiy fikr şakllanişiga sabab bölganligini inobatga olib, intizomiy jazo sifatida lavozimidan çetlatilib quyi tizimga tuşirilgan.
Sunnatilla Abdullayev qalampir.uz









