Namanganda xotini pulini olib qöyayotgan er uni qörqitiş uçun IIBga yolğon xabar berdi

Namanganda xotini pulini olib qöyayotgan er uni qörqitiş uçun IIBga yolğon xabar berdi

Namangan tumanida ayolini qörqitib qöyiş uçun içki işlar organiga yolğon axborot bergan fuqaro uşlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi

Qayd etilişiça, tumanning Qörğonça-2 köçasida yaşovçi T.X. (34 yoşli) içki işlar organlariga murojaat qilgan. Unda 13 fevral kuniga ötar keçasi nomaʼlum şaxs uning yaşaş xonadoniga devor oşiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, yotoqxonasidagi divan ostida saqlayotgan 6 million söm pulni yaşirin ravişda öğirlab ketganini maʼlum qilgan. Erkak nomaʼlum şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida uşbu jinoyatni heç kim sodir etmagani aniqlangan. Aksinça uni xonadon egasi T.X. reja asosida qasddan özi uyuştirgan. Erkak bunga sabab qilib turmuş örtoği uning ruxsatisiz pullarini olib qöyayotgani uçun uni qörqitib qöymoqçi bölib, IIBga yolğon xabar berganini körsatgan.

Mazkur jinoyat işi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolğon xabar beriş)ga qayta malakalanib, şu kunning özidayoq T.X. gumonlanuvçi tariqasida jinoyat işiga jalb qilingan.

×