Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatullox Ali Homanaiy Isroil va AQŞ hujumlari fonida Tehron şahrida emas, u xavfsiz joyga köçirilgan. Bu haqda “Mignews” xabar berdi.
Oliy rahbarning ayni damda qayerda ekani nomaʼlum, lekin u mamlakatdan olib çiqib ketilgan bölişi ham mumkin.
Arab ommaviy axborot vositalari Homanaiyning qarorgohiga zarba berilişi mumkinligi haqida xabar bergan.
“Al Arabiya” telekanalining mintaqaviy manbalarga tayanib xabar berişiça, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi inşootlari joylaşgan hududda kuçli portlaş sodir bölgan.
Xabarlarga köra, zarba bir neçta yadroviy bazalar yaqinidagi hududga tekkan. Manbalarning taʼkidlaşiça, portlaş Homanaiyning qarorgohlaridan biriga ham zarar yetkazgan bölişi mumkin.
Hozirda Eron rasmiylari tomonidan bu maʼlumotning rasmiy tasdiqlanişi yöq.
Eron hukumat idoralari hodisaning mumkin bölgan oqibatlari haqidagi xabarlarga hali izoh bermagan.
Şuningdek, qurbonlar yoki zarar miqdori haqida rasmiy maʼlumotlar yöq. Hududdagi vaziyat aniqlanmoqda.









