Özbekistonda fuqarolarni içki işlar organlariga olib boriş tartibi bekor qilinişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Prezidentining “Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi farmoni loyihasida söz borgan.
Farmonning 16-bandiga köra, Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini taʼminlaş böyiça belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda:
• ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va maʼmuriy işlar böyiça davlat hisobidan bepul yuridik yordam körsatiş tartibi joriy etiladi;
• harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslarni hisobga oliş böyiça yagona elektron reyestr yuritilişi yölga qöyiladi;
• “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, tekşiriş uçun fuqaroni içki işlar bölimiga olib boriş örniga barça maʼlumotlarni joyida tekşiriş tartibi yölga qöyiladi;
• qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini sudda isbotlaş majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor şaxsning öziga yuklaş tartibi – “aybdorlik prezumptsiyasi” va “sudning faol iştiroki” tamoyillari joriy etiladi.









