Özbekistonda kislorod beruvçi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni taşkil qiluvçi Telegram-bot işga tuşirildi

Özbekistonda kislorod beruvçi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni taşkil qiluvçi Telegram-bot işga tuşirildi

Kislorod beruvçi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni taşkil qiluvçi yangi Telegram-bot işga tuşirildi. Bu haqda bugun AOKA huzuridagi ştabdagi brifingda Yoşlar işlari agentligi matbuot kotibi Nodir Abduqodirov maʼlum qildi.

Brifingda 14 iyuldan 1 avgustga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga jami 108 755 ta murojaat kelib tuşgani, mazkur markazlar tomonidan 194 214 ta ehtiyojmand oilaga xayriya yordamlari körsatilgani aytildi.

Agentlik axborot xizmati rahbarining sözlariga köra, homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlaridagi jami 3 060 nafar volontyor yoşlardan 682 nafari Call-markazlarda aholi murojaatlarini qabul qilişga hamda 2 378 nafari xonadonlarga mahsulotlar yetkazib berişga kömaklaşmoqda.

«2 avgust soat 14:00 ga qadar mazkur platforma orqali 2750 ga yaqin köngillilar röyxatdan ötdi va malakali mutaxassislar tomonidan ularni öqitiş işlari amalga oşirilmoqda. Yoşlar işlari agentligi tomonidan internet tarmoğida volontyor.uz platformasi işga tuşirildi. Mazkur platforma orqali respublikadagi barça insonlar köngilli sifatida röyxatdan ötiş imkoniyati paydo böldi. Şuningdek, Toşkent şahridagi qaysi klinikalarda MRT va MSKT uskunalari borligi, qaysi holatda klinikaga murojaat qiliş mumkinligi, tuman kesimida eng yaqin va faoliyat yuritayotgan klinikalar haqida batafsil maʼlumot bera oladigan (71) 200 17 20 Call-markazi faoliyat olib bormoqda. Markazda 12 nafar Yoşlar işlari agentligi köngilli yoşlari faoliyati yölga qöyildi.

Telegram’da @Shifoline_bot işga tuşirildi. Mazkur botning vazifasi Toşkent şahrida joylaşgan MSKT, PZR, kislorod beruvçi apparatlari bor klinikalarda onlayn navbatni taşkil qilişdan iborat. Toşkentda Yoşlar markazida faoliyati yölga qöyilgan 1105 qisqa raqamli Call-markazida jami 40 nafar malakali şifokor, Soğliqni saqlaş vazirligidan xodimlar va Yoşlar işlari agentligining köngilli yoşlari faoliyat olib bormoqda. Mazkur Call-markazga 17 kun içida 76894 ta murojaat kelib tuşdi va malakali mutaxassislar tomonidan körib çiqilib murojaatçilarga tegişli tavsiyalar berildi», – deya maʼlumot bergan Yoşlar işlari agentligi matbuot kotibi Nodir Abduqodirov.

2020 yil 20 iyulda «Troll.uz» loyihasi rahbari Umid Ğofurov taşabbusi bilan Telegram’da muhtojlarga yordam berişga möljallangan «Yaqinlar» boti işga tuşirilgani xabar qilingan. 23 iyulda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva 2020 yilning 14 iyulidan 22 iyuligaça respublika miqyosida jami 145 ming 154 ta moddiy daromad manbasini yöqotgan, işsiz va ehtiyojmand oilalarga 14 milliard 67 million sömlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilgani, 330 ta oilaga qiymati 52 million 400 ming söm miqdordagi dori-darmonlar ham tarqatilganini maʼlum qilgandi.

×