Yaponiyada dunyodagi birinçi elektrda harakatlanuvçi tanker işga tuşirildi

Yaponiyada dunyodagi birinçi elektrda harakatlanuvçi tanker işga tuşirildi

Yaponiyada "KOA Industry Co" kompaniyasi qurgan dunyodagi birinçi elektrda harakatlanuvçi tanker işga tuşirildi.

Yaponiya kompaniyasining maʼlum qilişiça, marosim keça, 22 dekabr kuni Sikoku orolidagi Kagava prefekturasidagi kemasozlik zavodida bölib ötdi. Tankerga "Asaxi" nomi berildi.

Kemaning uzunligi 62 metr, umumiy balandligi esa 10,3 metrni taşkil qiladi. Tankerning röyxatga olingan oğirligi 499 tonnani, yoqilği saqlaş hajmi esa 1,28 ming kub metrni taşkil qiladi. Kema umumiy quvvati 3,48 ming kilovatt bölgan litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlangan.

Tanker 2022 yil mart oyidan boşlab Tokio körfazidagi transokeanik kemalarga yonilği quyiş uçun işlatilişi kutilmoqda.

×