Özbekistonda muhtojlarga yordam körsatuvçi Telegram-bot işga tuşirildi

Özbekistonda muhtojlarga yordam körsatuvçi Telegram-bot işga tuşirildi

«Troll.uz» loyihasi rahbari Umid Ğofurov taşabbusi bilan Telegram’da muhtojlarga yordam berişga möljallangan «Yaqinlar» boti işga tuşirildi. Bot ğoyasi muallifining sözlariga köra, bot muhtojlar va yordam beriş niyatida bölgan insonlar uçun servis maydonça vazifasini ötaydi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

«Barçamiz bilamizki, köpçilik işsiz qoldi va ularda oddiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişga ham mablağ yöq. Şu sababli ‘Yaqinlar’ botini işga tuşirdik. U yaqin atrofingizda yordamga muhtoj insonlarni körsatadi. Agarda siz kimgadir yordam bermoqçi bölsangiz yoki aksinça, yordamga muhtoj bölsangiz quyidagi havola orqali röyxatdan ötişingiz mumkin», — deydi Umid Ğofurov.

19 iyul soat 15:30 holatiga köra, botdan 10 mingga yaqin odam foydalangan. Yordamga muhtoj sifatida röyxatdan ötganlar soni 3097 kişini taşkil etmoqda va ularning 2533 nafariga yordam körsatilgan. Yana 70 dan ortiq odam yordam kutmoqda, 493 ta ariza maʼqullanmagan (arizalar qaytalangan, ayrimlar esa şunçaki botning işlaşini tekşirib körmoqçi bölgan).

Umid Ğofurovning taʼkidlaşiça, bot biror bir xayriya taşkiloti nomidan işga tuşirilmagan va davlat tomonidan qöllab-quvvatlanmaydi, jarayonda faqatgina oddiy insonlar iştirok etadi. Yordam yetib borişi kafolatlanmagan. «Barçasi foydalanuvçilarga boğliq», — deydi ğoya muallifi.

Yordamga muhoj insonlar aynan nima kerakligini yozib qoldirişlari mumkin: qanaqa oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori vositalari. «Foydalanuvçilardan pul söraş yoki plastik kartalarga pul ötkazişni tavsiya qilmaymiz, biroq boşqa tomondan olib qaraganda — bu yordam berişning eng xavfsiz yöli. Şu sababli özingiz hal qiling», — deydi u.

Umid Ğofurovning sözlariga köra, botni yaratişga pul sarflanmagan, biroq arizalarni körib çiqayotgan moderatorlarga oylik tölanadi.

«Yaqinlar» ğoyasi muallifining tan olişiça, moderatorlar ariza beruvçi rostdan ham yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligini tekşira olmaydi, şu sababli yordam körsatiş niyatiga bölganlar özlari qönğiroq qilib va şunga qarab qaror qabul qilişlari kerak.

Avvalroq Özbekistonda karantin şaroitida daromad manbasini yöqotgan, işsiz va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat yetkazib berilişi haqida maʼlum qilingandi.

×