Özbekistonda Google Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Samarqandda C5+1 formatida ötkazilayotgan tadbirlar doirasidagi “Raqamli texnologiyalar”ga bağişlangan panel sessiyasida maʼlum qilindi.
Sessiyada sözga çiqqan Google Cloud kompaniyasining Markaziy va Şarqiy Yevropa böyiça hukumat bilan aloqalar va davlat siyosati masalalari rahbari Martsin Krasuski xizmat Özbekistonda iş boşlaganini eʼlon qildi.
“Menimça, Özbekiston ilğor raqamli tartibga soliş böyiça yetakçilardan biri. Şu sababli bugun Google Özbekistonda GPay — Google Pay xizmatini işga tuşirayotganini mamnuniyat bilan eʼlon qilaman”, deydi u.
Panel sessiyasi Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ davlat idoralari vakillari, şuningdek, yetakçi kompaniyalar iştirokidagi biznes dastur doirasida ötkazilmoqda.
Joriy yilning 26 mart kuni Prezident “Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida” gi qonunga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonunni imzolagan edi. Hujjat bilan barça şaxsiy maʼlumotlarni faqat Özbekiston hududidagi serverlarda saqlaş talabi bekor qilindi.
Endilikda uşbu talab biometrik va genetik maʼlumotlar, şuningdek, telekommunikatsiya operatorlari abonentlarining maʼlumotlariga nisbatan saqlanib qolgan. Qolgan şaxsiy maʼlumotlarni esa belgilangan şartlarga rioya qilgan holda xorijda qayta işlaş mumkin.
Iyul oyida Özbekistonda Apple Pay va Google Pay xalqaro tölov xizmatlarini işga tuşiriş uçun texnik işlar olib borilayotgani maʼlum qilingandi. Markaziy bank maʼlumotiga köra, sentyabr oyida xizmatlarni işga tuşiriş böyiça muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan, biroq ular aynan şu oyda işga tuşirilişi közda tutilmagan.
Keyinçalik Markaziy bankning Tölov tizimlarini rivojlantiriş departamenti rahbari Jamşid Usmonov Apple Pay va Google Pay xizmatlari yaqin oylarda işga tuşişi mumkinligini maʼlum qilgan.









