Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax şahar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda fuqarolar Yu.M., Ş.I. va boşqalar 2022 yilning mart oyida «Gift Of Legacy» nomli öyinni «Instagram» kanali orqali taşkilotçilar körsatib ötgan plastik kartasiga kamida 200 ming söm yoki 50 AQŞ dollari miqdoridagi mablağni ötkazib berişsa qisqa muddatda uşbu mablağni 7–8 barobarga köpaytirib olişlari haqida reklama qilişib, «Telegram» kanalida «200 ming sömlik va 50 AQŞ dollarlik onlayn gap» nomli guruhni taşkil etişib, öyin iştirokçilarining 692,3 mln sömini özlari va tanişlarining plastik kartalarga ötkazib olişga erişib, pul mablağlarining bir qismini keyingi iştirokçilar hisobidan dastlabki iştirokçilar hisobiga ötkazib berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









