Facebook`ning “böğilişi” Özbekistonga qançaga tuşyapti?

Facebook`ning “böğilişi” Özbekistonga qançaga tuşyapti?

Özbekistonda joriy yilning iyul oyi boşidan Facebook tarmoğiga ulanişda muammolar kuzatila boşladi. Mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarni bloklaş yangilik bölmagani uçun Facebook yana norasmiy taqiqqa uçragani taxmin qilindi.

Facebook`ni bloklaşi mumkin deb qaralgan “Özkomnazorat” davlat inspektsiyasi turli saytlarga kirişni belgilaş taşkilot vakolatiga kirmasligini aytdi. Şu bilan bu masala tinçigandek körindi. Biroq Facebook`ga kirişdagi qiyinçilik bartaraf etilmadi. 

Bugungi kunda boşqa qator ijtimoiy tarmoqlar singari Facebook ham odamlarning oddiy muloqot maydoni emas, tadbirkorlar uçun arzon reklama, mahsulot sotiş va sotib oliş maydoniga aylangan. Zamonaviy işbilarmonlik borki, turli ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi va öz mahsulotini tarğib qiladi. Bundan tadbirkorning özi ham foyda köradi, davlatga ham foyda keltiradi.

Arzon reklama maydoni va tadbirkorlarning dastyori bloklansa, Özbekiston nimadan mahrum böladi? Turli ijtimoiy tarmoqlarning çeklanişi davlatlarga qançaga tuşişini hisoblab beruvçi NetBlocks sayti orqali buni biliş imkoni bor.

NetBlocks özi nima va kimga qaraşli ekaniga töxtalsak. NetBlocks – bu raqamli huquq, kiberxavfsizlik va internet boşqaruvi sohasida faoliyat yurituvçi fuqarolik jamoasi. Bu nodavlat birlaşma.

NetBlocks maʼlumotiga köra, Özbekistonda Facebook`ning bir kun davomida bloklanişi 779 750 AQŞ dollariga tuşarkan. Özbekistonda 20 kundan ortiq vaqt mobaynida Facebook`da muammolar kuzatilayotganini inobatga olsak, umumiy zarar 15 mln dollardan ortiq böladi.

1

Albatta, bu raqamlarni 100 foiz aniq va bexato deyişdan yiroqmiz. Ammo hisob-kitoblar ham osmondan olinmagan.

NetBlocks davlatlarning raqamli iqtisodiyoti darajasini inobatga olib, Brukings instituti rivojlaniş körsatkiçlari metodidan foydalanib, virtual olamga örnatilayotgan çeklovlar yalpi içki mahsulotga qançalik zarar keltirişini hisoblaydi.

Facebook boşqa mamlakatlarda muammolarsiz işlayapti. Töğri, ayrim texnik uzilişlar kuzatilib turadi, biroq bular tezda bartaraf etiladi va tarmoq rasmiy maʼlumot eʼlon qiladi. Özbekiston bilan bunday bölmayapti. Yana bir omil, Facebook`ning özbekistonliklar uçun ança yaxşi taniş bölib qolgan VPN dasturlari bilan işlaşida muammo kuzatilmayapti. Bundan birgina xulosa kelib çiqadi: Özbekistonda Facebook`ga norasmiy taqiq örnatilgan. Ammo buni kim örnatgani, nega bunday qilganini heç kim bilmaydi. Tuya kördingmi – yöq.

Bundan avval ham Özbekistonda Facebook va Youtube bloklangandi. Öşanda ham heç bir rasmiy idora buni tan olmagan. Keyinroq esa tarmoqni bloklaganlar qamoqqa olingani aytilgandi. Bu safar Facebook`ning yana işlab ketişi nima bilan tugaşi dargumon. 

Şu örinda yana bir narsaga alohida töxtalib ötiş darkor. Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida iyul oyida ötkazilgan yiğilişlaridan birida bundan buyon hokimlar kuniga ikki soat jamoatçilikdan tuşgan savollarga javob berişi kerakligi aytildi. Agar mamlakat aholining köp qismi Facebook’dan foydalanişini, eʼtiroz, şikoyat va murojaatlarning köp qismi aynan uşbu tarmoqda bölişini inobatga olsak, xöş, hokimlar bu tarmoqdan qanday qilib foydalanib, aholi muammolariga qanday yeçim topadi? Yo ular ham VPN işlatadimi?

×