Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yöllagan maktublari Özbekistonga olib kelinadi

Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yöllagan maktublari Özbekistonga olib kelinadi

Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublarining papirusga köçirilgan nusxasi Özbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan örin olişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ekspozitsiyada ana şunday ulkan maʼnaviy va tarixiy qimmatga ega nusxalardan biri – imperator Hiraqlyus (Gerakliyus)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruktsiyasi namoyiş etiladi. Şu bilan birga, ekspozitsiyada Efiopiya, Misr, Bahrayn, Ummon hukmdorlari, Fors şohiga yuborilgan maktublar nusxalari ham örin olişi kutilmoqda.

“Uşbu xatlar nafaqat Islomning tinçlikparvar va diplomatik ruhini, balki Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insonparvarligini ham yorqin namoyon etuvçi tarixiy dalillardir”, deyiladi xabarda.

Özbekiston musulmonlari idorasiga köra, Muhammad payğambarning Vizantiya (Şarqiy Rim) imperatori Hiraqlyusga uni Islom diniga daʼvat etib yozgan maktubi Iordaniyadagi “Qirol Husayn” masjidi muzeyida saqlanmoqda. Bu maktub hijriy 7 yilda, Muharram oyida, milodiy 628 yilda yozilgan.


×