UzAuto Özbekistonga Tesla’ning asosiy raqobatçisi BYDni jalb qilişga muvaffaq böldi

UzAuto Özbekistonga Tesla’ning asosiy raqobatçisi BYDni jalb qilişga muvaffaq böldi

Kompaniyaning yillik işlab çiqariş quvvati 1 millionga yaqin avtomobilni taşkil etadi.

Butun Özbekiston avtomobilsozligi uçun muhim voqea – Xitoydagi eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçi kompaniya BYD Auto Industry Co., Ltd. va "Özavtosanoat" örtasida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi.

Maşhur "Tesla"ning asosiy raqobatçisi Özbekistonda UzAuto bilan hamkorlikda avtomobillar işlab çiqariş istagini bildirdi – buni Özbekiston avtosanoati uçun eʼtirof sifatida qabul qiliş mumkin. Zero, yuksak texnologik, kadrlar va ilmiy salohiyatga ega bölmagan hamkor bilan birgalikda iş qilişga deyarli heç bir avtomobil işlab çiqaruvçi rozi bölmaydi.

Hamkorlik doirasida Özbekistondagi yangi energiya manbalariga asoslangan yengil avtomobil va avtobuslar (NEV – gibridlar, elektromobil va elektrobuslar)işlab çiqarişga oid loyihani yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Özbekistonda savdo va servis xizmat körsatiş, xususan, akkumulyator batareyalar va va elektromobil motorlarini taʼmirlaş tarmoqlari yaratiladi.

BYD kompaniyasi yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillarning barça turlarini işlab çiqaradi, şuningdek, öz dizayni va akkumulyator batareyalari, yarimötkazgiçlar, elektr motorlar va boşqa yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş tajribasiga ega.

BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – yangi energiya manbalari asosidagi transport vositalari (NEV)ni yaratiş va işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi yirik Xitoy kompaniyasi turli davlatlarda 8 ta zavod, R&D markazlarga ega bölib, dunyoda NEV savdosi böyiça 2-örin, Xitoyda esa 1-örinni egallaydi.

Kompaniyaning bozor kapitali 100 milliard dollarga baholanadi. Bu yerda 220 000 ga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

×