«Yangi Özbekistondagi eski Özbekistonga "ğalaba" muborak!» — Rasul Kuşerbayev "UzAuto Motors"ning sudda yutib çiqqani haqida

«Yangi Özbekistondagi eski Özbekistonga "ğalaba" muborak!» — Rasul Kuşerbayev "UzAuto Motors"ning sudda yutib çiqqani haqida

UzAuto Motors kompaniyasining Özbekiston Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli işiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi şikoyat arizasini körib çiqiş böyiça ötkazilayotgan sud jarayoni yakunlangani va sudda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazgani haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev sud qarori böyiça öz munosabatini bildirdi.

UzAuto Motors va uni qöllab-quvvatlovçilarning harak(j)atlari zoye ketmadi. Ular şuni istaşdi, şu böldi, ular «böl» dedi, böldi, «bölma», desa, bölmasdi.

Ularga qança gul, pul, kuç, eʼtibor kerak bölsa, hammasi muhayyo. Faqat odamlarning işonçi va hurmatidan taşqari... Ammo ular uçun bir çaqalik qiymati yöq işonç va hurmatsiz ham ular ğolib, buyuk va tengsiz bölib qolaverişlari mumkin. Çunki ular «eski Özbekiston» böla turib «yangi Özbekiston»ni mağlub eta oldilar.

Xullas, yangi Özbekistondagi «eski Özbekiston»ga «ğalaba» muborak!

Sudga esa gap ham yöq.

Rasul Kuşerbayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Eslatib ötamiz, deputat Rasul Kuşerbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors AJga nisbatan iş qözğatgan edi. Qömita kompaniya tomonidan «Raqobat töğrisida»gi qonunni buziş alomatlarini aniqlagan.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örtasidagi sud jarayoni 2 oktyabr kuni boşlangan, 9 oktyabrda ötkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini şakllantiriş maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktyabrdagi majlisda işni yopiq tartibda körişni boşlagan.

Toşkent şahar maʼmuriy sudining 2020 yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizaçi UzAuto Motors AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli iş böyiça 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topiş haqidagi şikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Sud jarayonlari orasida UzAuto Motors kompaniyasi turli bayonotlar qilib, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasini OAVga bosim ötkazayotganlikda aybladi. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi esa UzAuto Motors’ni davlat organiga nisbatan axloqiy meʼyorlardan çiqmagan holda mulohaza yuritişga çaqirdi. Yakunda UzAuto Motors’ning mazkur ayblovi öz tasdiğini topmadi.

×