Facebook, Google va Apple bir yilda Özbekistonga qança soliq töladi?

Facebook, Google va Apple bir yilda Özbekistonga qança soliq töladi?

Joriy yilning 9 oyi davomida yirik xorijiy kompaniyalar Özbekistonga 10 mlrd sömdan ortiq soliq töladi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi maʼlum qildi.

Unga köra, joriy yilning 9 oyida Facebook 7,6 mlrd söm, GOOGLE COMMERCE LIMITED – 4,6 mlrd söm, APPLE – 2,2 mlrd söm, NETFLIX – 331 mln söm va Yandex – 256 mln söm soliq töladi. 

Elektron xizmatlar deganda dasturiy taʼminotdan foydalaniş, şu jumladan, Internet tarmoği orqali öyinlar, elektron kitoblar, öquv qöllanmalari, musiqa asarlari va boşqalardan foydalaniş huquqini beriş tuşuniladi. 

Soliq kodeksida 2020 yil 1 yanvardan boşlab röyxatga olişning yangi tartibi belgilangan.

Internet-kompaniyalari röyxatdan ötişi uçun qulaylik yaratiş maqsadida Davlat soliq qömitasi tomonidan QQS-ofis işga tuşirilgan. 

Uşbu manba xorijiy yuridik şaxslarga Özbekistonda QQS tölovçi sifatida röyxatdan ötiş uçun ariza beriş, onlayn şaxsiy kabinetdan foydalaniş, (hisobot taqdim etiş va soliq tölaş) şuningdek, soliqqa tortiş bilan boğliq barça savollarga javob oliş imkonini beradi.

×