AOKA qoşidagi koronavirusga qarşi kuraşiş ştabida taşkillaştirilgan navbatdagi brifing çoğida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Örinboyeva aholidan kelib tuşgan savollarga javob berdi.
Brifingda pandemiya davrida şahar yoki tuman hokimliklari xodimlarining şaxsiy avtomaşinalarida belgilangan vaqtlardan taşqari vaqtda harakatlanişi kuzatilayotgani yuzasidan izoh söralgan.
«Respublika hududida karantin eʼlon qilingani sababli, fuqarolar özining şaxsiy avtotansport vositalarida kunning belgilangan vaqtidagina maxsus ruxsatnomasiz harakatlanişi mumkin.
Qolgan vaqtlarda esa Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker) asosida hamda avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning röyxatida belgilangan asoslar böyiça avtotransport vositasida harakatlaniş mumkin.
Maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxatida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqori Kengesi va Vazirlar Kengaşi raislari va ularning örinbosarlari, hokimlar va ularning örinbosarlarining faqat xizmat avtotransport vositalari keltirilgan. Lekin siz aytganingizdek, hokimiyat xodimlarining şaxsiy avtrotransport vositalari uşbu röyxatda keltirilmagan», degan vazirlik vakili.
Şuningdek, dori vositalarini heç qanday qöllanmasiz, dorixonalar yoki ularning filiallaridan taşqarida, yaʼni köça-köyda sotayotgan şaxslarga qonunçilikda qanday javobgarlik çoralari mavjudligi böyiça maʼlumot berilgan.
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 165-1-moddasiga köra, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş huquqbuzarlik hisoblanadi. Uşbu qilmiş huquqbuzarliklarni sodir etiş qurollari va aşyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan
100 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, uşbu qilmiş maʼmuriy jazo qöllanganidan keyin sodir etilgan bölsa Jinoyat kodeksining 186-3-moddasiga köra:
- BHMning 100 baravaridan 300 baravarigaça miqdorda jarima;
- 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
- 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş;
- 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Brifingda tibbiyot xodimlari tomonidan şaxsga tibbiy yordam körsatilişi rad etilişi uçun qonunçilikda qanday javobgarlik belgilangani ham maʼlum qilingan.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-1-moddasiga muvofiq, hayoti yoki soğliği uçun xavfli holatda bölgan şaxsga tibbiyot taşkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq şoşilinç va (yoki) keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordam körsatişi kerak bölgan şaxs tomonidan şunday yordam körsatişni asossiz ravişda rad etiş:
- fuqarolarga 669 ming sömdan 1 mln 115 ming sömgaça;
- mansabdor şaxslarga esa 1 mln 115 ming sömdan 2 mln 230 ming sömgaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa:
- fuqarolarga 1 mln 115 ming sömdan 2 mln 230 ming sömgaça;
- mansabdor şaxslarga esa 2 mln 230 ming sömdan 3 mln 345 ming sömgaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.









