14 dekabr kuni Senatning 25-yalpi majlisida Adliya vazirining axboroti tinglandi.
Vazir Ruslanbek Davletovga köra, qonunçilik buzilayotgan asosiy yönalişlardan biri kommunal soha hisoblanadi.
“Bu sohadagi qonuniylikni nazorat qiliş uçun tahlillar ötkazildi. Sohada tenderlar ötkazilyapti, lekin tenderda hatto qatnaşmagan iştirokçilar hokimliklar tomonidan ğolib deb eʼlon qilib yuborilgan. Bu tizimda şu darajada huquqiy nigilizmga yöl qöyilmoqda”, − deydi u.
Adliya vazirining axborotiga köra, öqituvçilar va soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining oyligidan kommunal tölov uçun ularning roziligisiz mablağ uşlab qolinişi holatlari kuzatilgan.
“345 mingta holatda soğliqni saqlaş tizimi xodimlari va öqituvçilarning oyligidan heç bir roziliksiz kommunal tölovlar uçun pul saqlab qolingan. Bunday holatlar eng köp Farğona vodiysidagi viloyatlarda kuzatilgan. Ilgari xodimning şaxsiy roziligi bölgan holdagina kommunal tölov uçun maoşdan olib qolişga ruxsat berilgan edi. Bu hujjat öta darajada suiisteʼmol qilingani uçun bu tartibni mutlaqo tugatdik. Heç bir holatda − xodimning roziligi bölsa ham, bölmasa ham uning oyligidan kommunal xizmatlar uçun mablağ olib qoliş mumkin emas. Bu mehnat qonunçiligi bilan qatʼiy tartibga solingan”, − deya taʼkidladi Ruslanbek Davletov.









