Özbekiston Adliya vazirligi Şveytsariya sudining qarori böyiça ayrim tafsilotlarni eʼlon qildi.
Vazirlik 2012 yilda Şveytsariya Federal prokuraturasi Gulnora Karimova va unga aloqador şaxslarga nisbatan jinoiy mablağlarni legallaştiriş va qalbakilaştiriş böyiça keng kölamli tergov boşlaganini eslatgan. Gap Özbekiston bozoriga kiriş va tösiqsiz işlaş evaziga xorijiy telekommunikatsiya kompaniyalaridan noqonuniy yöl bilan olingan yirik mablağlarni legallaştiriş haqida ketmoqda.
Şveytsariya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan olib borilgan jinoiy tergov işlari doirasida Şveytsariya Federal prokuraturasi tomonidan uşbu davlat banklarida joylaşgan “Takilant Ltd.” kompaniyasiga tegişli 350 mln AQŞ dollaridan ortiq mablağlar musodara qilingan.
Joriy yilning 22 dekabrida eʼlon qilingan bayonotida Şveytsariya sudi Gulnora Karimova va uning şeriklarini noqonuniy mablağlarni oğirlaştiruvçi holatlarda legallaştirişda aybdor deb tan olgani va şu sabab 293 mln dollaridan ortiq mablağ musodara qilingani haqida xabar bergan.
“Bu Şveytsariya huquqni muhofaza qiluvçi organlari uçun muhim ğalaba hisoblanadi, çunki u mablağlarni Özbekiston Respublikasiga qaytariş böyiça keyingi muzokaralar uçun imkoniyat oçadi.
Şu bilan birga, sud qaroriga köra 70 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar protsessual xarajatlar çiqarib taşlanganidan söng “Takilant Ltd.” Kompaniyasiga qaytarilişi mumkin. Ayrim OAV sud qarorining uşbu qismini notöğri talqin qilgan holda asossiz maʼlumotlar tarqatişmoqda”, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Taʼkidlaş joizki, Şveytsariya federal jinoyat sudining 2021 yil 17 dekabrdagi qarori hali yakuniy qaror emas. Hususan, Şveyyariya huquqni muhofaza qiluvçi organlari sudning uşbu qarori ustidan şikoyat qiliş huquqiga ega.
Bundan taşqari, uşbu mablağlarga nisbatan Amerika Qöşma Ştatlarning vakolatli organlari tomonidan ularni hibsga oliş töğrisida daʼvo va order ham mavjud, bu esa Şveytsariya sudining körsatilgan qarori kuçga kirgan taqdirda ham uşbu mablağlarni kompaniyaga qaytariş imkonini bermaydi, deya taʼkidlanmoqda.
“Ayni paytda Özbekiston Respublikasining davlat organlari Şveytsariya va AQŞ rasmiylari bilan Gulnora Karimova va uning şeriklarining jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan aktivlarini qaytariş böyiça faol iş olib bormoqda. Çunki uşbu jinoyatlardan Özbekiston davlati va xalqi ham jabr körgan”, deya munosabatini yakulagan Adliya vazirligi.
Gulnora qayerda?
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi, Fond Forum vasiylik kengaşi raisi, professor va maişatsevar Gulnora Karimovaning “saltanat”i 2013 yilga kelib quladi. 2005 yildan boşlab özini madaniyat va sanʼat, sport, ilm-fan, axborot texnologiyalari va yoşlar ğoyalari rahnamosi sifatida körsatişni boşlagan Googoosha 2013 yilgaça mamlakatda mislsiz qudrat sohibi bölgani heç kimga sir emas.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Gulnora Karimova Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan 21-sonli jazoni ötaş koloniyasida saqlanmoqda. U koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylaştirilgan.
2020 yilning 18 mart kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma aʼzolariga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.
Ötkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvçilar, guvohlar, jabrlanuvçilar körsatmalari tinglandi, dalillar tekşirildi va sudlanuvçilar himoyaçilarining vajlari muhokama qilindi.
Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçi Gulnora Karimovani jinoiy uyuşma taşkil etiş, tovlamaçilik, özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va boşqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.
Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunçiligi normalariga muvofiq hamda bir neça jinoyat va hukmlar majmui böyiça jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblaş belgilandi.









