Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari körsatiş tartib-taomillarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 1 sentyabrdan qator hujjatlar elektron şaklga ötkazilib, haydovçilardan ularni talab qiliş bekor qilinadi.
Elektron şaklga ötkaziş orqali quyidagi hujjatlarni haydovçilardan talab etiş tartibi bekor qilinadi:
● avtomototransportni boşqariş uçun işonçnoma (notarial tartibda tasdiqlangan);
● texnik körikdan ötkazilganligi töğrisidagi maʼlumot;
● avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma.
Adliya vazirligi kuçga kirişi kutilayotgan yangi tartib haydovçilar işonçnoma rasmiylaştirmasa ham böladi, degani emasligini eslatdi.
Yaʼni, haydovçilar xuddi avvalgidek, işonçnomani notarius orqali rasmiylaştiradi, Faqat işonçnomani yonida olib yurmasa ham böladi. Çunki 2021 yil 1 sentyabrdan işonçnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekşiradi.









