Adliya vazirligi noqonuniy pul undirayotgan yonğin xavfsizligi “xodimlari”dan ogohlantirdi

Adliya vazirligi noqonuniy pul undirayotgan yonğin xavfsizligi “xodimlari”dan ogohlantirdi

Soxta xodimlar aholidan yonğin  va uning oldini oliş bilan boğliq kommunal tölov mavjudligini aytib, pul talab qilişgan.

Yonğin xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlar köpaymoqda. Adliya vazirligi firibgarlardan ogohlikka çaqirdi.

Aniqlaşiça, sönggi yillarda tumanlarda maxsus-formali kiyim-boş kiyib yurgan yoki şu kiyimga juda öxşaş kiyimdagi şaxslar özlarini "davlat yonğin nazorati organi xodimi" sifatida taniştirib, fuqarolardan yillik 20–40 ming söm atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal tölov sifatida noqonuniy yiğiş holatlari kuzatilmoqda. 

Vazirlikning maʼlum qilişiça, yonğin va uning oldini oliş bilan boğliq biron bir tölab borilişi şart bölgan kommunal tölov yoki soliq qonunçilikda mavjud emas.

Adliya vazirligi mazkur holat böyiça ayrim şaxslar tomonidan özlarini "davlat yonğin nazorati organlari xodimi" sifatida taniştirgan holda yolğon maʼlumotlar asosida fuqarolardan majburiy tölov tölanişini talab etişi noqonuniyligini maʼlum qildi.

Şuningdek, vazirlik fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uçun tölovlarni belgilangan tartibda tölab borişi kerakligini eslatdi:

 — Sovuq suv taʼminoti;

 — Isitiş va issiq suv taʼminoti (köp qavatli uylarda);

 — Elektr taʼminoti;

 — Gaz taʼminoti;

 — Kanalizatsiya (isteʼmolçi ulangan bölsa).

×