Seşanba kuni texnik muammolar tufayli elektr energiya eksporti keskin kamaygandi.
Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasini töliq hajmda yetkazib berişni tikladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
Seşanba kuni Afğonistonning DABS energetika kompaniyasi Özbekiston tarafdan keladigan elektr energiyasi 60 foizga qisqarganini maʼlum qilgan. Toşkent buni texnik sabablarga boğliq ekanini aytgan. Maʼlumotlarga köra, Marjon elektr stantsiyasida texnik muammolar vujudga kelgan.
Elektr yetkazib berişdagi uzilişlar Afğonistonning 16 viloyatiga taʼsir qilgan. DABS’ning maʼlum qilişiça, 13 yanvardan boşlab import hajmi töla tiklandi.









