Turkmaniston Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişni davom etadi

Turkmaniston Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişni davom etadi

Özbekiston va Turkmaniston gaz yetkazib beriş böyiça yangi bitimni imzolaşga kelişib oldi. Bu haqda Turkmanistonning “Oltin asr” davlat naşri xabar berdi.


Qayd etilişiça, mazkur kelişuvga Aşxobodda Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va Turkmaniston boş vaziri örinbosari Botir Omonov iştirokida ötkazilgan muzokaralar erişilgan.

Muzokaralar davomida yoqilği-energetika sohasida özaro hamkorlik muhim örin tutadigan şeriklikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan. Şuningdek, Turkmaniston energetika resurslarini xorijga, birinçi navbatda, qöşni davlatlarga yetkazib berişning köp variantli tizimini yaratiş borasidagi saʼy-harakatlarni faollaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.


Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Turkmaniston tabiiy gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça yangi şartnoma tuzişga kelişib olgan.

Avvalroq gaz quvurining Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston orqali törtinçi tarmoğini quriş böyiça muzokaralar olib borilayotgani töğrisida xabar berilgandi. Yangi loyiha Turkmanistondan yillik gaz yetkazib berişni hozirgi 40 milliard kubometrdan yiliga 65 milliard kubometrgaça oşirişi mumkin.

Teglar:
×