Özbekistonning koronavirusga qarşi kuraş uçun olgan qarzi 1 mlrd dollardan oşdi

Özbekistonning koronavirusga qarşi kuraş uçun olgan qarzi 1 mlrd dollardan oşdi

Özbekistonning koronaviruns pandemiyasining iqtisodiyotga taʼsirini kamaytiriş uçun uçta xalqaro moliya instituti – Jahon banki, Xalqaro valyuta jamğarmasi va Osiyo taraqqiyot bankidan olgan qarzlari miqdori 1 mlrd dollardan oşdi. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat içki va taşqi qarz Departamenti direktori Jasur Qarşibayev maʼlumot berdi.

Xususan, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qöllab-quvvatlaş loyihasi (2-tranş) yuzasidan qöşimça moliyalaştiriş sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (şundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz özgaruvçan stavkada (6 oylik libor + 0,88% özgaruvçan spred) ajratildi.

Xalqaro valyuta jamğarmasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş maqsadida 375 mln. AQŞ dollari ekvivalentida kredit mablağlari ajratildi.

Imtiyozli kreditlar öz içiga 10 yil muddatga (şundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln AQŞ dollariga teng foizsiz tezkor kreditlaş liniyasi va 5 yil muddatga (şundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQŞ dollari 1,05 foiz özgaruvçan stavkadagi tezkor moliyalaştiriş instrumentini oladi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln AQŞ dollari miqdoridagi byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun imtiyozli kredit 15 yilga (şundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz özgaruvçan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Qayd etilişiça, Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablağlarni Özbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Hukumatning tegişli farmon, qaror va körsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablağlarning sarfi böyiça tegişli maʼlumotlar Moliya vazirligining veb saytlarida, telegram kanallarida muntazam ravişda eʼlon qilinib kelinmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida 1 mlrd dollargaça kredit jalb qiliş belgilangandi

×