Özbekiston taşqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boşidan 2,8 foizga yoki 692 mln. dollarga oşgan.
Özbekiston Respublikasi taşqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boşidan 2,8 foizga yoki 692 mln. dollarga oşgan holda, 2020 yil 1 aprel holatiga 25,1 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.
Qayd etilişiça, 2020 yilning I çoragida davlat taşqi qarzi ösiş tendentsiyasini saqlab qoldi. Uşbu jarayon COVID-19 virusi yoyilişi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning sotsial-iqtisodiy taʼsirini yumşatiş uçun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarning jalb qilinişi bilan izohlanişi mumkin.









