Özbekistonning taşqi qarzi 68 mlrd dollardan oşdi

Özbekistonning taşqi qarzi 68 mlrd dollardan oşdi

Joriy yilning I çoragida Özbekistonning umumiy taşqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning “Özbekiston Respublikasi tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va taşqi qarzi” şarhida keltirilgan.  

Unga köra, 2025 yil I çoragida Özbekistonning umumiy taşqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni taşkil qilib, şundan davlat taşqi qarzi hajmi 35,8 mlrd dollar hamda korporativ taşqi qarz hajmi 32,6 mlrd dollarga teng bölgan.

Hisobot çoragida joriy operatsiyalar hisobi 160,7 mln dollar manfiy saldo bilan şakllangan. Bu ötgan yilning mos davrida 2,1 mlrd dollarga teng bölgan.

Savdo balansining manfiy saldosi 2024 yilning I çoragiga nisbatan 34 foizga qisqarib, 2,6 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu eksport hajmining yuqori surʼatlarda ösişi şaroitida importning deyarli özgarişsiz saqlanib qolişi bilan izohlanadi. Xususan, jami eksport hajmi 22 foizga oşib, qariyb 8 mlrd dollarni taşkil qilgan bölsa, jami import hajmi 10,5 mlrd dollar atrofida şakllangan.

2025 yilning I çoragi davomida Özbekistonga kelib tuşgan xalqaro pul ötkazmalar hajmining ösişi birlamçi va ikkilamçi daromadlar balansi ijobiy saldo (mos ravişda 148,9 mln dollar va 2,2 mlrd dollar) bilan şakllanişiga sabab bölgan.

Joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi töğridan töğri, portfel va boşqa investitsiyalar jalb qilinişi hisobiga moliyalaştirilgan. Jumladan, 2025 yilning I çoragi davomida mamlakatga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilişi 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 barobarga ösib, 752,3 mln dollarga teng bölgan. 

Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinişi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan boğliq operatsiyalar hisobiga 1,5 mlrd dollarni taşkil qilgan. Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga 2025 yilning I çoragi yakuni böyiça moliyaviy hisob manfiy saldosi 791,1 mln dollarni taşkil etgan.


Teglar:
×