Joriy yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonning jami taşqi qarzi 1,9 milliard dollarga ortib, 84,1 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning “Özbekiston Republikasi tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va taşqi qarzi” nomli hisobotida keltirilgan.
Unga köra, Özbekistonning jami taşqi qarzi bir yil avvalgidan qariyb 12 mlrd dollarga (16,5 foiz) ortgan 84,1 milliard dollar yetgan. Şundan davlat qarzi 41,7 milliard dollar, korporativ qarz esa 42,4 milliard dollarni taşkil etgan.
Markaziy bank maʼlumotlariga köra, 13,4 milliard dollarlik salbiy savdo saldosi sababli joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 6,2 milliard dollarni taşkil etgan. Oltin sotuvining kamayişi fonida umumiy eksport 8,6 foizga (15,4 milliard dollar) pasaygan, vaholanki oltinsiz tovarlar eksporti 27 foizga ösgan. Import 24 foizga (28,8 milliard dollar) ortgan – unda maşina va uskunalar ustunlik qilmoqda. Töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi 2,3 milliard dollarga yetgan. Xalqaro valyuta jamğarmasi esa mamlakatning qarz yuki böyiça bahosini past darajada saqlab qolmoqda.
Özbekiston taşqi qarzining ösişi iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilişning faol bosqiçini aks ettiradi. Taşqi savdo defitsitining kengayişi import tarkibi bilan izohlanadi: maşinalar, uskunalar va transport vositalari xaridi – bu isteʼmol qizib ketişi emas, balki işlab çiqariş bazasiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyalar.
Oltin eksportining kamayişi bozor xususiyatiga ega bölib, bu holat xomaşyo bölmagan eksport (+27 foiz) va xizmatlar (+45 foiz) sifatli ösişi bilan qoplanmoqda. Töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning ijobiy oqimi (2,3 milliard dollar) va imtiyozli kreditlarning yuqori uluşi qarz xavflarining nazorat qilinayotganini hamda mamlakat makroiqtisodiy modelining barqarorligini tasdiqlaydi.
Maʼlumot uçun, korporativ taşqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan taşqi qarzlar aks ettiriladi. Bunda, korporativ taşqi qarz böyiça davlat majburiyati mavjud emas, ular böyiça tölovlar xöjalik subʼektlari hamda banklarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.









