Özbekistonning taşqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oşdi

Özbekistonning taşqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oşdi

Özbekiston taşqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boşidan 12,7 foizga yoki 3,1 milliard dollarga oşgan holda 2020 yil 1 iyul holatiga köra, 27,6 milliard dollarni taşkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Maʼlum qilinişiça, umumiy taşqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni tölaş talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy taşqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy taşqi qarzdagi özgarişlar tahlili şuni körsatdiki, 2013–2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning ösişi kuzatilgan.

Biroq 2018 yilda xususiy sektor taşqi qarzi kamayişi kuzatildi, bu esa öz navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugaşi bilan izohlanadi. 2019 yildan boşlab xususiy sektor taşqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olişning köpayişi hisobiga yana ösişni boşladi.

Taşqi qarzning ösiş dinamikasi

Skrinşot: Markaziy bank

«2020 yilning I yarim yilligida davlat taşqi qarzi ösiş tendentsiyasini saqlab qoldi. Uşbu jarayon COVID-19 virusining tarqalişi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumşatiş uçun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarning jalb qilinişi bilan izohlanişi mumkin», – deya taʼkidlab ötgan Markaziy bank.

2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining ösişi 1,7 milliard dollarni taşkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayişi sababli Özbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayişi natijasida 2020 yilning boşiga nisbatan kamaydi.

Taşqi qarz tarkibi

Skrinşot: Markaziy bank

Banklar va iqtisodiyotning boşqa sektor korxonalari tomonidan qarz oliş hajmining oşişi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oşdi.

2020 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qiliş asosan banklar – 1,8 milliard dollar, tekstil va töqimaçilik sektori korxonalari – 71 million dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari – 154 million dollar tomonidan amalga oşirildi.

×